Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


«Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar»


Download 1.4 Mb.
bet108/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

«Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar»
moddasida bevosita ekin o‘stirish bilan band bo‘lgan ishchilar mehnatiga haq to‘lash, navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang‘ich hujjatlar asosida bevosita tegishli ekinlar va ish turlariga o‘tkaziladi. Qo‘shimcha mehnat haqi summalari to‘g‘ri ish haqiga mutanosib taqsimlanadi.
Urug‘Iik” moddasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun sarflangan urug‘liklar hisobga olinadi. Uruglarni ekishga tayyorlash, ularni ekish joyiga tashib keltirish xarajatlari urug‘lar qiymatiga kiritilmaydi, balki ekinlarga tegishli xarajatlar moddalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
«0‘g‘it» moddasida qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun tuproqqa solinadigan o‘g‘itlar, shu jumladan sanoatda ishlab chiqiladigan mineral, bakterial va boshqa o‘g‘itlar hamda organik o‘g‘itlar xarajatlari hisobga olinadi. Xarajatlar tahliliy hisobga olishda mineral va organik o‘g‘itlar bo‘yicha alohida aks ettiriladi. 0‘g‘itlarni tayyorlash va yerga solish xarajatlari bevosita muayyan qishloq xo‘jaligi ekiniga tegishli xarajatlar moddalari bo‘yicha o‘tkazilib, bu moddaga kiritilmaydi.
«0‘simliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona o‘tlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladigan pestitsid, kimyoviy dorilar, gerbitsid va boshqa kimyoviy, shuningdek biologik vositalarni xarid qilish va saqlash xarajatlari kiritiladi. Xo'jalikning o‘zi bu vositalar bilan ko‘chatlar, ekinlarga ishlov bergandagi xarajatlar moddalari bo‘yicha ekinning tannarxiga o‘tkaziladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling