«Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari» moddasida chorvachilikka doir umumishlab chiqarish xarajatlari aks ettiriladi.
«Sug‘urta to‘Iov!ari» moddasida chorva mollarini sug‘urta qilish xarajatlari hisobga olinadi.
«Boshqa xarajatlar» moddasida chorvachilik ishlab chiqarishga bevosita daxldor, ammo yuqorida ko‘rib chiqilgan moddalarga kiritilmagan xarajatlar aks ettiriladi.
Chorvachilik xarajatlari va mahsulot kirimining dastlabki hisobi
Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki hisobi ularning alohida moddalari bo‘yicha guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar asosida yuritiladi. Chunonchi:
mehnat xarajatlari – chorva mollarini parvarishlash, boqish, so‘yish va boshqa ishlarni bevosita olib boruvchi ishchilar (cho‘ponlar, sut sog‘uvchilar, jun qirqivchilar va boshqalar) tomonidan bajarilgan ishlarga guvohlik beruvchi naryad, tabel, sut sog‘ish hisobi jurnali, hisob-to‘lov qaydnomalari asosida hisobga olinadi;
ijtimoiy sug‘urtaga majburiy ajratmalar maxsus hisob-kitob asosida hisobga olinadi;
yem-xashak xarajatlari «Yem-xashak sarflash qaydnomasi» (94-shakl) asosida hisob-kitob qilinadi;
dori-darmonlar, to‘shash materiallarining sarfi maxsus dalolatnomalar asosida hisobga olinadi;
boshqa turdagi ishlab chiqarish xarajatlari tegishli hujjatlar asosida hisobga olinadi.
Chorvachilik tarmog‘ida yetishtiriladigan mahsulotlar turli tumandir. Ularning asosiylari go‘sht, sut, jun, tuxum, go‘ng, nasl hisoblanadi. Aynan ushbu chorvachilik mahsulotlari va ularni yetishtirishga doir ishlar xarajatlar ob’yekti, mos ravishda, kalkulyatsiya obyekti bo‘ lib hisoblanadi.
Chorvachilik mahsulotlari kirimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
Sut sog‘ ish hisobi jurnali ((112-shakl) va sut harakati qaydnomasi (114- shakl) - ushbu hujjatlar asosida sigirlarni sog‘ishdan olingan sutning kunlik hisobi ferma mudirlari tomonidan yuritiladi.
Mollarni so‘yish qaydnomasi (100-shakl) va nakladnoylar-mollarni so‘yishda komissiya tomonidan tuziladi.
Junni qirqish va kirimi dalolatnomasi (116-shakl) -jun qirqish paytida komissiya tomonidan tuziladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kirimi kundaligi (81 -shakl)- asal, pilla, baliq va boshqa mahsulotlar bo‘yicha yuritiladi.
Tuxumlarni qabul qilish va saralash dalolatnomasi ((109-shakl).
Tug‘ ilgan mollarni qabul qilish dalolatnomasi (95-shakl).
Mollar vaznini tortish qaydnomasi (98-shakl).
Tirik vaznning o‘sishini aniqlash hisob-kitobi (98 a-shakl).
Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va tahliliy hisobi
Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2020 «Asosiy ishlab chiqarish schotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schotlar
tizimida chorvachilik sohalariga qarab turli schotlarni ishchi schotlar rejasida ochish mumkin. masalan: 2021 «Qoramolchilik»; 2022 «Qo'ychilik»; 2023 «Parrandachilik» va boshqalar.
Ishlab chiqarish xarajatlarining tahliliy hisobi chorvachilik sohalarining yo‘nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2023 «Parrandachilik» schoti bo'yicha quyidagi tahliliy schotlarni ochish mumkin: tuxum; go‘sht va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligikoixonalaridaishlabchiqarish xarajatlari schotlarning (2021, 2022,2023) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Bunda, mos ravishda xarajatlarning moddalariga ko‘ra quyidigi yozuvlar qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |