Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar-
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar
- Yagona yer solig‘i summasi
Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar-qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar; qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari.
Soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar: yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish vao‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushini realizasiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. Yagona yer solig‘i summasi yer uchastkalarining normativ qiymatini yagona yer solig‘ i belgilangan stavkasiga ko‘paytirish orqali topilgan summa. Yagona soliq to‘lovi - Soliq Kodeksining 362-moddasida belgilangan shartlarga ko‘ra yagona yer solig‘ini to’lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari maqomiga mos kelmaydigan, asosiy faoliyati qishloq xo'jaligi bo'lgan kichik korxonalar va mikrofirmalar toifasiga kiruvchi qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan to'lanadigan soliq to'lovi. Umumbelgilangan soliqlar-yagona yer solig'ini hamda yagona soliq to'lovini to’lovchilari maqomiga mos kelmaydigan qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan toManadigan umumbelgilangan soliqlar (QQS; foyda solig4 i; mol-mulk solig'i; yer solig' i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun to'lov; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i). Majburiy ajratmalarva to'lovlar- umumdavlat soliqlarni to’lovchi qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan soliq to'lovlaridan tashqari davlatning budjetdan tashqari maqsadli fondlariga qilinadigan majburiy ajratmalar, to' loviar va ushlanmalar. iNazorat uchun testsavol-javoblari Xo'jalik holati «Sahovat» fenner xo'jaligi (tannoq kodi 21 f 20), xodimlarining jami soni 46 kishi, qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchisi sifatida yagona yer solig'i, boshqa faoliyat turlaridan yagona soliq to'lovini to'lovchisi hisoblanad i. Yer uchastkalari maydoni 242 ga, yer uchastkasining normativ qiymati 42050 ming so'm, yagona yer solig'i stavkasi 3,5 % (yer uchastkasi normativ qiymatiga nisbatan). 2009-yilda erishilgan natijalar: *o'zi yetishtirgan qisliloq xo'jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan sof tushum 600 mln. so'm; *chetdan olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan omuxta yemni sotishdan olingan tushum 200 mln. so'm; *chetdan sotib olingan yemlarni ulguiji sotishdan olingan tushum 150 mln. so'm; *sotish tannarxi jami 771 mln. so'm, shundan: o'zi yetishtirgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sotish tannarxi 500 mln. so'm; chetdan olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan omuxta yemning sotish tannarxi 156 mln. so'm; chetdan sotib olingan yemlarni sotish tannarxi 115 mln. so'm; *davr xarajatlari - 80 mln. so'm, shundan sotish xarajatlari 12,5 mln. so'm. boshqaruv xarajatlari 27,5 mln. so'm, boshqa operasion xarajatlar 40 mln. so'm; *olingandividendlar (dividend solig'i ushlangan)-2 mln. so‘m; *to‘langan foizlar 3 mln. so‘m; *favquloddagi zararlar 6 mln. so'm; *beg'araz olingan mulk-10 mln. so‘m; * voz kechilgan kreditorlik qarzlar - 4 mln.so‘m. Soliq qonunchiligi hujjatlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati 8 % lik, ulgurji savdo faoliyati 5 % lik YASTga tortiladi. Fermer xo‘jaligining boshqa faoliyatdan olingan daromad lari lining tarmoq kodiga mos ravishda soliqqa tortiladi. Ushbu xo‘jalik holatida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi savollarga to‘g‘ri javoblarni toping. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling