160-satr «Tugallanmagan ishlab chiqarish»da qishloq xo'jaligi korxonalarining hisobot yili oxirida kelgusi yil hosili uchun qilingan sarf- xarajatlar summasi ko‘rsatiladi.
170-satr «Tayyor mahsulotlar»da yyetishtirilgan, lekin hali sotilmagan qishloq xo'jaligi malisulotlarining haqiqiy tannarxi koi'satiladi.
190-satr «KeJgusi davr xarajatlari»da qishloq xo'jaligi korxonalaiining hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish va daw xarajatlariga tegishli boimagan xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu satrda qishloq xo'jaligi korxonalari o'zlarining quyidagi xarajatlarini aks ettiradi:
kelgusi davrda bajariladigan ishlar uchun to'lovlar;
kelgusida joriy etilishi mumkin bo'lgan loyihalarni ishlab chiqarishga doir xarajatlar;
kelgusi yilda chop etiladigan maxsus me'yoriy-texnik adabiyotlar uchun qilingan sarilar;
kelgusi yil uchun o'tkazib qo'yilgan ijara to’lovlari;
mavsumiy xarakterga ega bo'lgan ishlar uchun oldindan to'lovlar, chunonchi, qishloq xo'jaligi mashinalari va uskunalarini konservasiya qilish xarajatlari;
yangi ishlab chiqarish turlari uchun kadrlarni jalb etish va tayyorlash xarajatlari;
oldindan hisoblangan mehnat ta’tili xarajatlari;
kelgusi yil uchun gazeta vajurnallar obunasi uchun to'lovlar;
boshqa kelgusi davr xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |