Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi va audit. Oliy o‘quv yurtlari uchun. — Т.: O'qituvchi, 2004.
bob. QISHLOQ XOMAL1GI KORXONALARIDA MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARINI TO‘LDIRISH XUSUSIYATLARI
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi va uni taqdim etish muddatlari
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar singari, hisobjarayonining yakuniy bosqichi bo‘lib moliyaviy hisobotni tuzish liisoblanadi. Respublikamizning «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»qonuni (16- modda)ga muvofiq qishloq xo‘jalik korxonalarining moliyaviy hisoboti o‘z ichiga buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot, asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot pul oqimlari to‘g‘risida hisobot, xususiy kapital to‘g‘risida hisobot, izolilar, hisob-kitoblar vatushuntirishlarni oladi.
Kichik biznes sub’yektlari hisoblangan qishloq xo‘jaligi korxonalariga moliyaviy hisobotni ixchamlashtiri Igan tarzda tuzish va taqdim etishga ruxsat etiladi. Ushbu ixchamlashtirilgan moliyaviy hisobot o‘z ichiga buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g'risida hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda tushuntirish xatini oladi.
Qishloc] xo‘jaligi korxonalarida barchaxo‘jalik yurituvchi sub’yektlaridagidek hisobot davri taqvim yilning 1-yanvaridan 31 -dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi.Taqvimyiliningl4)ktabridankeyindavlatro‘yxatidano‘tganqishloq xo‘jaligi korxonalari uchun birinchi hisobot yili bo’lib davlat ro'yxatidan o‘tgan sanadan kelgusi yilning 31-dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. Ushbu davrda yuzberganxo‘jalik jarayonlari birinchi hisobotyiliga doir, deb tan olinadi va mos ravishda shu davming moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Mol iyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari qishloq xo‘jaligi korxonalarining tashkiliy-huquqiynTaqomigabog‘liq.Chiinonchi,xorijiyiiivestisiyalarishtirokidagi qishloqxo‘jaligikorxonalarifaqatyillikyillik moliyaviy hisobotnituzadilarvauni keyingi yilning 25 martigacha taqdim etadilar. Shirkatlar, fermer vadehqon xo‘jaliklari, Shuningdek aksiyadorlikjamiyati,mas’uliyaticheklanganjamiyal va xususiy korxonalar maqomidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yillik moliyaviy hisobotni keyingi yilning 15 fevral igacha taqdim etishlari lozim.
Kichik biznes sub’yektlariga kiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari moliyaviy hisobotni faqat hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etadilar. Ushbu maqomga ega bolmagan boshqa turdagi tashkilotlar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik hisobotdan
tashqari choraklik hisobotlarni ham tuzishlari va ularni choraklikdan keyingi oyning 25- sanasigacha tegishli organlarga taqdim etishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |