Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
-jadval ATVlarning sotib olinishini schotlarda aks ettirish
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATVning kelishuv qiymatiga
- Uzoq muddatli ijara bo ‘yicha qarzning joriy qismiga
- Uzoq muddatli ijara majburiyatiningjoriy qismiga doir to ‘lovni amalga oshirilishiga
- Uzoq muddatli ijaraga olingan ATVni asosiy vositalar tarkibiga olinishiga ular bo ‘yicha (ijara muddati tugab, majburiyatlar to ‘liq to ‘langandan so ‘ng)
18.2-jadval
ATVlarning sotib olinishini schotlarda aks ettirish
ATVlarning boshlang'ich qiymati, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ular qiymatini qayta baholash, shuningdekavtomobillarni modernizasiyaqilishevaziga ko‘payishi mumkin. Avtotransport korxonalari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar singari har yilning l-\,anvarholatigao‘zlarining barcha asosiy vositalari, shujumladan ATVlarni qayta baholashlari lozim. Qayta baholash belgilangan tartibga muvofiq indeks yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash usulJaridan biri bo‘yicha amalga oshiriladi. Qayta baholash korxona rahbari tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan yoki shartnomaasosidamulknibaholashhuquqi bo’lgan maxsus korxona tomonidan amalga oshiriladi. Qayta baholash natijalari «Qayta baholash dalolatnomasi» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomaga asosan ATVlarboshlangichqiymatinioshirilishiga quyidagi yozuv beriladi: Debet 0160 «Transport vositalari»; Kredit 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar». Bir vaqtningo‘zida ATVlar bo‘yicha ularning jamlangan eskirishi summasini oshirilishiga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; Kredit 0260 «Transport vositalarining eskirishi». 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schotining krediti va debetida aks ettirilgan summalarning ijobiy farqi ATVlarni qayta baholash evaziga vujudga kelgan rezerv kapitalini bildiradi. Qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali avtotransport korxonasi balansida xususiy kapital elementi sifatida aks ettiriladi. ATVlar boshlang‘ich qiymatini modernizatsiya qilish evaziga ko‘payishi maxsus «Modernizatsiya qilish dalolatnomasi» asosida hisobga olinadi. Ushbu dalolatnoma maxsus komissiya tomonidan tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. ATVlar modernizatsiyasiga ketgan barcha sarf- xarajatlar dastlab 0890 «Boshqa kapital quyilmalar» schotining debetida to‘planadi. Dalolatnoma asosida modernizatsiya xarajatlari summasini ATVlarning boshlang4 ich qiymatiga kiritilishiga quyidagi yozuv qilinadi: Debet 0160 «Transport vositalari»; Kredit 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar». Avtotransport korxonalari ATVlarni shartnorrtalar asosida joriy va uzoq muddatli ijaraga olishlari ham mumkin. Joriy ijaraga (1 yilgacha muddatgacha) olingan ATVlar avtotransport korxonalari balansiga kirim qilinmaydi. Bunday ATVlar balansdan tashqari 001 < Joriy muddatli ijara bo‘yicha olingan asosiy vositalar» schotining debetida hisobga olinadi. Joriy ijara muddati tugagach, ATVlar ijara beruvchiga qaytariladi. Bunda ochilgan 001 «Joriy muddatli ijara bo‘yichaolingan asosiy vositalar» schoti kreditlanadi va shu yo‘l bilan ushbu schot yopiladi. Uzoq muddatli ijaraga (1 yildan ko‘p muddatga) olingan ATVlar avtotransport korxonalarining balansiga kirim qilinadi va mos ravishda 0310 «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar» schotida hisobga olinadi. ATVlarni uzoq muddatli ijaraga olish operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: ATVning kelishuv qiymatiga: Debet 0310 «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»; Kredit 7910 «To‘lanadigan uzoq muddatli ijara bo‘yicha qarz». Uzoq muddatli ijara bo ‘yicha qarzning joriy qismiga: Debet 7910 «To‘lanadigan uzoq muddatli ijarabo‘yicha qarz»; Kredit 6950 «Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi». Uzoq muddatli ijara majburiyatiningjoriy qismiga doir to ‘lovni amalga oshirilishiga: Debet 6950 «Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi»; Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti». Uzoq muddatli ijaraga olingan ATVni asosiy vositalar tarkibiga olinishiga ular bo ‘yicha (ijara muddati tugab, majburiyatlar to ‘liq to ‘langandan so ‘ng): Debet 0160 «Transport vositalari»; Kredit 0310 «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar». Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlar turli sabablargako‘ra, jumladan tugatish, sotish, bepul berish, ta’sis badali sifatidakiritish hollarida hisobdan chiqariladi. Shuningdek, ATVlarning boshlang‘ich qiymati ularni qayta baholash evaziga ham kamaytirilishi mumkin. ATVlar foydali xizmat muddatini o‘taganda, yaroqsiz holga kelganda tugatiladi. Tugatish ishlari maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Uning natijalari komissiya tomonidan «Tugatish dalolatnomasi»da aks ettiriladi. Ushbu dalolatnoma rahbar tomonidan tasdiqlangach, u tugatish natijalarini hisobda aks ettirishga asos boiadi. ATVlarni tugatish natijalari buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuvlar bilan aks ettiriladi (18.3-jadval). ATVlarning sotilishi turli sabablarga ko‘ra yuz beradi, masalan avtotransport korxonasi bankrotga uchraganda, eski avtomobillarga zarurat bo‘lmaganda, yangi avtomobillarning sotib olinishini mablag4 bilan ta’minlash maqsadida va boshqa hollarda. Avtotransport korxonalari tomonidan ATVlarni sotish shartnomalar asosida amalga oshiriladi va schot- fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Avtotransport korxonalari ATVlarni qoldiq qiymatdan yuqori naixlarda, qoldiq qiymatida va undan past bo‘lgan qiymatlarda sotishlari mumkin. ATVlarni sotish va undan olingan natijalar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (18.4-jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling