Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


-jadval ATVlarning uzoq muddatli ijaraga berilishini schotlarda aks


Download 1.4 Mb.
bet178/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

18.6-jadval
ATVlarning uzoq muddatli ijaraga berilishini schotlarda aks
ettirish

.Vs

Operatsiyaning mazmuni

Summa

Debet
schot

Kredit
schot

Asos
boMuvchi
hujjat

1

ATVning boshlang'ich qiymatini hisobdan chiqarilishiga

15000000

9210

0160

Ijara
shartnomasi.
schot-faktura,
buxgalteriya
ma'Iumot-
nomasi

0

ATV bo'yicha hisoblangan jami eskirish summasini hisobdan chiqarilishiga

14000000

0260

9210

Ijara
shartnomasi.
schot-faktura,
buxgalteriya
ma’lumot-
nomasi

3.

ATVni uzoq muddatli ijaraga berish bo’yicha shartnoma qiymatiga

3000000

0920

9210

Ijara
shartnomasi,
schot-faktura.

4

ATVni uzoq muddatli ijaraga berish bo'yicha shartnoma qiymatining joriy qismiga (misol uchun ijara 5 yilga berilgan bo'lsa, joriy yilga doir ijara haqi 600000 so'mni tashkil etadi - 3000000/5)

600000

4810

0920

Ijara shartnomasi, schot-faktura, hisob-kitob

5.

Uzoq muddatli ijara to'lovi summasining kelib tushushiga

600000

5110

4810

Bank
ko‘chirmasi

6

ATV bo'yicha qayta baholashdan vujudga kelgan rezerv kapitalini kamaytirilishiga

500000

8510

9210

Buxgalteriya
ma’lumot-
nomasi

7.

Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadni kechiktirilgan summasiga

2500000

9210

7230

Hisob-kitob

8.

Kechiktirilgan daromadning joriy qismiga (2500000/5)

500000

7230

6230

Hisob-kitob

9.

Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadni hisobot davr daromadiga qo'shilishiga

500000

6230

9390

Hisob-kitob




  1. holatda (ATV bo ‘yicha kamomad summasini 200 ming so ‘m miqdorida undirishga qaror qilinganda):

Debet 4730 «Xodimlarning moddiy zarar bo‘yicha qarzlari»;
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklar buzilishidan yo‘qotishlar».

  1. holatda (ATV bo'yicha kamomad summasini 500 ming so'm miqdorida undirishga qaror qilinganda):

Debet 4730 «Xodimlarning moddiy zarar bo'yicha qarzlari» - 500000 so‘m;
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklar buzilishidan yo‘qotishlar» - 200000 so‘m;
Kredit 9310 «Asosiy vositalar chiqimidan foyda» - 300000 so‘m.

  1. holatda (ATV bo'yicha kamomad summasini 100 ming so'm miqdorida undirishga qaror qilinganda):

Debet4730 «Xodimlarning moddiy zarar bo‘yicha qarzlari» -100000 so‘m;
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» - 100000 so‘m;
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklar buzilishidan yo‘qotishlar» - 200000 so‘m.

    1. Avtotransport vositalari ish faoliyati ko‘rsatkichlarining hisobi

Avtotransport korxonalarida har bir ATV ish faoliyati alohida yuritiladi. Buning uchun ATVlarning har biriga maxsus «Avtotransport ish faoliyati hisobi kartocbkasi» ochiladi. Bu kartochkalarda ATVlar ish faoliyatini ifodalovchi soniy va sifat ko‘rsatkichlar davrlar bo‘yicha aks ettiriladi hamda jamlab boriladi.
ATVlar ish faoliyati hajmini ifodalovchi soniy ko‘rsatkichlar bo’lib tashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi (yuk aylanmai) hisoblanadi. Chunonchi, tashilgan yuk hajmi tonnada, yuk aylanmasi (yuk aylanmai) tonna-kilometrda, yoiovchi tashish hajmi esa kishi sonida, yoiovchi aylanmasi (yoiovchi aylanmai) kishi-kilometrda hisobga olinadi.
Tonna-kilometr (t/km) - transport tomonidan 1 tonna yukni 1 km masofaga tashish bo'yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli birlik. Transport tomonidan bajarilgan jami ishning tonna- kilometr (t/km)dagi hajmi tashilgan yuk miqdorini (tonna) jami yuk bilan bosib oiilgan masofa (km)ga ko‘paytirish orqali topiladi.
Kishi-kilometr (k/km) - transport tomonidan 1 kishini 1 km masofaga tashish bo‘yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli birlik. Transport tomonidan bajarilgan jami ishning kishi- kilometr (k/km)dagi hajmi tashilgan yoiovchilar sonini (kishi) jami yoiovchilar bilan bosib o‘tilgan masofa (km)ga ko‘paytirish orqali topiladi.
ATVlar ish faoliyati turli si fat ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Ularning asosiylari bo’lib, chunonchi, quyidagilar hisoblanadi: .
-1 tonna-kilometr (t/km) yuk aylanmasining tannarxi. Bu ko‘rsatkich yuk tashish avtomobil transportini ekspluatasiyasi uchun sarflangan jami xarajatlarni jami bajarilgan ish hajmi, ya’ni yuk aylanmasi (t/km) miqdoriga bo‘lish orqali topiladi.
-1 kishi-kilometr (k/km)yo‘lovchi aylanmasining tannarxi. Bu ko‘rsatkich yoiovchi tashuvchi avtomobil transportini ekspluatasiyasi uchun sarflangan jami xarajatlarni jami bajarilgan ish hajmiga, ya’ni yoiovchi aylanmasi (k/km) miqdoriga boiish orqali topiladi.

  • avtomobillarning texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti. Bu koisatkich ma’lum davrdajami texnik soz hamdayuk tashish (yoiovclii tashish) uchun yaroqli bo’lgan avtomobillar sonini ularning shu davrda jami ro‘yxatdagi soniga boiish orqali topiladi.

  • avtomobillarni ishga chiqish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrdajami ishga chiqqan avtomobillar sonini shu davrda xo'jalikda mavjud bo’lgan jami avtomobillar soniga bo‘lish orqali topiladi.

  • ishdagi avtomobil-kunlar soni. Bu ko‘rsatkich maium davrdagi jami avtomobil-kunlar sonini shu davrdagi avtomobillarni ishga chiqish koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali topiladi.

  • ishda bo‘lmagan avtomobil-kunlar soni. Bu ko‘rsatkich maium davrdaxo‘jalikdagijami avtomobil-kunlar sonidanjami ishdagi avtomobil- kunlar sonini ayirish orqali topiladi. Avtoxo‘jaliklarda ishda boimagan avtomobil-kunlar soni obyektiv va sub’yektiv sabablarga ko‘ra yuz beradi. Chunonchi, dam olish hamda bayram kunlariga, shuningdek rejadagi texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlariga to‘g‘ri keladigan avtomobil-kunlari soni obyektiv sabablar hisoblanadi. Yoiga chiqib, turli tasodifiy holatlargako‘ra ish vaqtini toiiq o‘tamasdan xo‘jalikka qaytgan, shuningdek haydovchining berilgan topshiriqni bajarmaganligi va shu kabi boshqa holatlarga ko‘ra ishda bo‘lmagan avtomobillargato‘g‘ri keluvchi avtomobil-kunlari soni sub’yektiv sabablar hisoblanadi. Bunday sabablarga ko‘ra vujudga kelgan avtomobil- kunlar soni tuzilgan maxsus dalolatnomalar asosida hisobga olinadi.

  • Naryaddagi avtomobil-soatlar soni. Bu ko‘rsatkich maium davrda xo‘jalikdagi jami avtomobil-kunlar sonini avtomobillarning naryadda bo’lgan o‘rtacha sutkalik soatlari soniga ko‘paytirish orqali topiladi.

  • Avtomobillar ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti. Bu

ko‘rsatkich avtomobillarning harakatdagi vaqtini naryadda bo‘lgan vaqtiga boMish orqali topiladi.

  • Bosib o‘tilgan masofaning foydalilik koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich avtomobillarning ma’lum davrda yuk bilan bosib o‘tgan masofasini jami yuk bilan vayuksiz bosib o‘tgan masofasigaboiish orqali topiladi.

  • Yuk ko‘tarish imkoniyatidan foydalanish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich avtomobillar tomonidan ma’lum davrda haqiqatda tashilgan yuk hajmini ularning shu davrga to‘g‘ri keladigan jami yuk tashish imkoniyatiga boiish orqali topiladi.

ATVlar ish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar hisobini yuritishga asos bo‘luvchi boshlang‘ichhujy atlardan biri bo‘lib yo‘l varaqalari hisoblanadi. Ushbu hujjatning turlari, shakllari, ularni tayyorlash, hisobga olish, to‘lg‘azish va ishlovdan o‘tkazish tartiblari 0‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2004-yil 3-iyundagi 83-buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Tashuvchilarningyuk avtomobillari uchun yo‘l varaqalari, tovar-transport nakladnoylarini tayyorlash, hisobga olish, to‘lg‘azish va ishlovdan o‘tkazish bo‘yichayo‘riqnoma» bilan belgilangan.
Yo‘l varaqasi ATV ish faoliyatini aniqlash va hisobga olish uchun mo‘ljallangan belgilangan namunadagi huquqiy hujjatdir. Yo‘riqnomada turli maqsadlar va yo‘nalishlar uchun yoi varaqalarining quyidagi namunaviy shakllari tasdiqlangan:
4-s (ishbay) shakl - ATVlarda yuk tashishda ular haydovchilariga mehnat haqi ishbay shaklda shartnoma asosida belgilangan tariflarda hisob- kitob qilinganda qo‘llaniladi.
4-p (vaqtbay) shakl - ATVlarda yuk tashishda ular haydovchilariga mehnat haqi vaqtbay shaklda shartnoma asosida belgilangan tariflarda hisob-kitob qilinganda qo‘llaniladi.
4-m (shaharlararo) shakl - ATVlarda yuk tashish shaharlararo yo‘nalishda amalga oshirilganda qo‘llaniladi. Ushbu shaklning yuzaqismida bosmaxona usulida qizil rangli katakcha ichida «Shaharlararo tashish» yozuvi bo‘ladi.
1 (xalqaro) shakl - ATVlarda yuk tashish xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirilganda qoilaniladi.
Yo‘l varaqalari ATV haydovchilariga avtotransport korxonasining maxsus bo‘limi (dispetcherlik bo'limi) yoki ushbu fimksiyayuklatilgan

xodim tomonidan har bir ish kuniga (smenaga) beriladi. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish uchun yo‘l varaqalari bir ish kunidan ortiq muddatga berilishi mumkin. Haydovchi lar keyingi ish kuni (smena)ga yo‘l varaqalarini olishlari uchun oldingi ish kuni (smena)ga berilgan yo‘ 1 varaqalarini topshirishlari shart. Ular yo‘l varaqalarini olganliklari to‘g‘risida dispetcherlikbo‘limida yuritiladigan «Berilgan yo‘l varaqalarini qayd etish kitobi»ga imzo chekadilar. Berilgan yo‘l varaqalari avtotransport korxonasining burchak shtampi va muhriga ega boiishi lozim.
Avtotransport korxonalariga, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yo‘lovchi va yuk tashish avtomobillarini belgilangan shakldagi yo‘l varaqalarisiz yo‘lgachiqarish qat’ian man etiladi. Yo‘l varaqalarining tasdiqlangan har bir shaklini toig‘azish tartibi yo‘riqnomada keltirilgan.

  1. s (ishbay) shakldagi yo‘l varaqalari yuza va orqaqismlandan, ushbu qismlar esa alohida bo‘limlardan iborat bo‘lib, ularda ATV ish faoliyatiga doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Chunonchi, yo‘l varaqasining yuza qismida uning tartib raqami, berilgan sanasi, ish rejimi, haydovchi familiyasi, ismi- sharifi, toifasi, ATVning markasi, davlat belgisi raqami, tipi, tirkama yoki yarim tirkamaning markasi, davlat belgisi raqami, haydovchi bilan yo‘lga chiqayotgan shaxslar (ekspeditor, yuk tashuvchi va tushiruvchi, staj er)ning familiyasi, ismi-sharifi alohida belgilangan qatorlarda ko‘rsatiladi.

Yo‘l varaqasining «Haydovchi va avtomobilning ishi» bo‘limida (2-va

  1. ustunlar) avtomobilning naryadga chiqish va undan qaytib kelish sanasi (kun, oy, yil) hamda vaqti (soat, daqiqa) aks ettiriladi.

Yo‘l varaqasining «Haydovchiga berilgan topshiriq» bo‘limida (15- 22-ustunlar) buyurtmachi tashkilotning nomi, unga yetib borish vaqti, yuk olish va yukni yetkazib berish joylari, tashiladigan yukning nomi, yuk bilan borib kelish qatnovlar soni, bosib o‘tiladigan masofa, tashiladigan yuk miqdori (tonnada) ko‘rsatiladi.
Yo‘l varaqasining maxsus «Yoqilg‘i berilsin» bo‘limida dispetcher mashina bakida mavjud bo‘lgan yoqilg‘ini hisobga olgan holda berilishi lozim bo’lgan yoqilg‘i miqdorini so‘z bilan ko‘rsatadi.
Avtomobil naryadga chiqqanichayo‘1 varaqasining boshqa qismlari ham to‘ldiriladi. Chunonchi, yoqilg‘i quyish shohobchasi mudiri avtomobilga quyilgan yoqilg‘ining turi, miqdorini ko‘rsatib, uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Haydovchining yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va uni ish qobiliyatiga egaligi avtotransport korxonasi vrachining imzosi bilan tasdiqlanadi. Avtomobilning naryadga chiqishi navbatchi mexanikning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Buning uchun navbatchi mexanik yo‘l varaqasining maxsus bo‘limida avtomobilning naryadga chiqishdan oldin spidometr ko‘rsatkichini, uni nazorat punktidan haqiqatda chiqib ketayotgan vaqtini, bakda mavjud bo‘lgan yog‘ilg‘i miqdorini, avtomobilning texnik sozligini o‘z imzosi va shtampi bilan tasdiqlaydi. Yo‘l varaqasining «Haydovchi imzosi» qatoriga haydovchi avtomobilni navbatchi mexanikdan texnik soz holatda qabul qilib olganligi to‘ g‘risida imzo chekadi. Haydovchining imzosi berilgan topshiriqni bajarishga kirishganligini ham tasdiqlaydi.
Yo‘l varaqasining maxsus bo‘limi haydovchi tomonidan ATV yordamida naryadda bo‘lgan vaqtda haqiqatda bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’ lumotlarni aks ettirishgamoljallangan. Bunday ma’lumotlaryoi varaqasida buyurtmachi tashkilotning mas’ul xodimi tomonidan yoziladi, shuningdek imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Chunonchi, yo‘l varaqasining 23-ustunida qatnovlarning tartib raqamlari, 24-ustunda TTNlarning tartib raqamlari, 25- ustunda har bir qatnovda bo‘lgan vaqt (soat, daqiqa) ko‘rsatiladi, 26- ustunda yukjo‘natuvchining imzosi vamuhri qo‘yiladi.
Yoi varaqasining maxsus bo‘limida (27-29-ustunlar) avtomobilning buyurtmachi ixtiyorigajo‘natilgan kunida bo‘sh turgan vaqtlari va sabablari ko‘rsatiladi. 30-ustunda avtomobilning bo‘sh turgan vaqti va sabablarini tasdiqlovchi shaxslarning imzosi va buyurtmachi-tashkilotning muhri qo‘yiladi. Avtomobil naryaddan avtotransport korxonasiga qaytgach, haydovchi uni navbatchi mexanikkatopshiradi. Haydovchi avtomobilni soz holatda topshirganligi va navbatchi mexanik uni soz holatda qabul qilib olganligi to‘g‘risidayo‘l varaqasiga imzo chekadilar. Bundan tashqari navbatchi mexanik haydovchining yo‘l varaqasida avtomobilning spidometr ko‘rsatkichini, korxonaga qaytgan haqiqiy vaqtini (soat, daqiqa), bakda qolgan yog‘ilg‘i miqdorini tegishli kolonkalargayozadi, ularni o‘z imzosi va shtampi bilan tasdiqlaydi.
Haydovchilar ATVlar navbatchi mexanik tomonidan qabul qilingandan so‘ng yo‘ 1 varaqalarini barcha ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga dispetcherlik bo‘limiga imzo qo‘yib topshiradi. Ushbu bo‘lim xodimi yo‘l varaqalariga qo‘shimcha ma’lumotlarni, masalan avtomobilning garajdan birinchi xizmat joyigacha hamda oxirgi xizmat joyidan garajgacha yuksiz bosib o‘tganmasafasini, bajargan ishining xarakterigako‘rayog‘ilg‘i sarfi koeffitsiyentini, ilova qilingan hujjatlar sonini va boshqa shu kabilarni aks ettiradi hamda ularni o‘z iinzosi bilan tasdiqlaydi.

  1. p (vaqtbay) shakldagi yo‘l varaqalari boshqa shakldagi yo‘l varaqalaridan farqli o‘laroq maxsus kesib olinadigan talon qismiga ega. Bu talondako‘rsatilgan ko‘rsatkichlar buyurtmachi tomonidan to‘ldiriladi, imzolanadi va shtamp bilan tasdiqlanadi. Talon transport korxonasi tomonidan buyurtmachiga bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar uchun schot-faktura taqdim etishga asos bo‘ladi.

1 (xalqaro) hamda 4-m (shaharlararo) shakllardagi yo‘l varaqalarining asosiy qismlarini to‘lg‘azish tartibi 4-s (ishbay) va 4-p (vaqtbay) shakllardagi yo‘l varaqalarini toig‘azish tartibiga o‘xshaydi. Faqat1 l(xalqaro) shakldagi yo‘l varaqalaridaqo‘shimcha tarzda bosib o‘tilgan yo‘l uzunligi (km), tashilgan yuk (tonna), yuk aylanmasi hajmi (t/ km), avtomobilning bo‘sh turgan vaqtlari (soat, daqiqa) kabi ko‘rsatkichlar mos ravishda 0‘zbekiston maydoni hamda chet el mamlakatlari maydonlari bo‘yichako‘rsatiladi. Shuningdek, ushbu yo‘1 varaqasining «Yoqilg‘i» bo‘limida mos ravishda respublikamiz hamda chet el mamlakatlari maydonida olingan yoqilg‘ining miqdori va sarfining hisob-kitobi alohida- alohida ko‘rsatiladi. Bu bo‘ limning alohida ustunlarida avtomobilning chiqib ketish va qaytib kelish sanasiga bo‘ lgan yoqilg‘ ining qoldig4 i, uning norma bo‘yicha sarfi va haqiqiy sarfi, qilingan tejam va ortiqcha sarflar ko‘rsatiladi. 1 1 (xalqaro) shakldagi yo‘l varaqasida «Ish haqi hisob- kitobi» bo‘iimi bo‘lib, uning alohida ustunlarida ish turlari va ularga hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Yo‘l varaqalari da ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun avtotransport korxonasi rahbari hamda ularni rasmiylashtirishga mas’ul xodimlar shaxsanjavobgarhisoblanadi. Yo‘l varaqalarini rasmiylashtirish funksiyasi yuklatilgan mas’ul xodim yo‘l varaqalari blankalarining sarfi to‘g‘risida oylik hisobot tuzishi va uni buxgalteriyaga taqdim etishi lozim. Yo‘l varaqalarini rasmiylashtirishda bo‘yab yozishga va tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avtotransport korxonalarida yuqorida keltirilgan tartibga muvofiq to‘ldirilgan barcha yoi varaqalari ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga dispetcherlik bo‘limi tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Avtotransport korxonasi buxgalteriyasidayo‘l varaqalariga ishlov beriladi, ya’ni ular asosida avtomobillarning ish faoliyati, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan

xizmat)lardan olingan daromad, buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, haydovchilar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar hisobi yuritiladi.
Yo‘riqnomaga muvofiq yo‘l varaqalariga ishlov berish quyidagi usullarning biri bo ‘yicha amalga oshiriladi - kompyuterlar yordamida yoki qo‘lda. Yo‘l varaqalariga kompyuterlar yordamida ishlov berishda barcha ma’lumotlar «Avtotransport ish faoliyati hisobi kartochkasi»ning elektron menyu shakliga har bir rekvizitning kodi orqali kiritiladi. Hisob-kitob qilinadigan ko‘rsatkichlarni kompyuter o‘zi hisoblaydi hamda kartochkaning tegishli qatorlari va ustunlariga yozadi. Shu yo‘l bilan to‘ldirilgan elektron kailochkalarni kompyuteming ekraniga yoki bosmaga mos ravishdagi rejimlar orqali chiqarib olish mumkin. Kompyuter xotirasida to‘plangan elektron kartochkalar unda ATVlar ish faoliyatiga doir ma’lumotlarni turli shakl va mazmundagi mashinogrammalar ko‘rinishida olish imkonini beradi. Ushbu mashinogrammalar ma’lumotlari avtotransport korxonasi boshqaruv apparati bo‘linmalari tomonidan ATVlar ish faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, tahlil etish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda keng foydalaniladi.
ATVlar ish faoliyati hisobini yuritishga asos bo‘luvchi yana bir boshlang‘ich hujjat Bo‘ lib tovar-transport nakladnoyi (TTN) hisoblanadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling