Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
Ikkinchi holatda. 1-yil uchun 2500000 so'm (7500000*5/15; 2-yil uchun 2000000 so'm (7500000*4/15), 3-yil uchun 1500000 so'm (7500000*3/15), 4-yil uchun 1000000 so'm (7500000*2/15) va 5-yil uchun 500000 so'm (7500000* 1/15).
Kumulyativ usulda hisobot oylari bo'yicha bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat) tannarxiga kiritiladigan ATVlarning amortizatsiya (eskirish) summasi yillik amortizatsiya summasini 12 ga bo'lish orqali aniqlanadi. Ko‘rinib turibdiki, kumulyativ usul yuqorida keltirilgan ikkita usuldan farqli o‘laroq ATVlarni tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilinishiga olib keladi. Bu, bir tomondan ATVlar ma’naviy eskirishining oldini oladi, ikkinchi tomondan esa, ularning texnik-ekspluatasion imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni obyektiv zarurat qilib qo‘yadi. 0‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq daromad (foyda) solig‘i to‘lovchi avtotransport korxonalarida ATVlarga kumulyativ usul bo‘yichahisoblangan amortizatsiya summasi birmaromda hisoblash usulida hisoblangan eskirish summasidan katta boisa, u holda o‘rtadagi farq summasi daromad (foyda) solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi. Kumulyativ usulning kamchiliklaridan biri shundaki. u bir maromda hisoblash usuli singari ATVlar amortizatsiyasi (eskirishi)ni hisobot davrlarida haqiqatda keltirgan daromadiga mos holda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritilishiga imkon bermaydi. Amortizatsiya (eskirish)ni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli ham tezlashtirilgan usulga kiradi. Ushbu usulda avtotransport vositalarining amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib ularning boshlang‘ich qiymati hisoblanadi. Amortizatsiya (eskirish) me‘yori ATVlarning Soliq kodeksida ko‘zda tutilgan me’yorini belgilangan koeffitsiyentga ko‘paytirgandan keyin topilgan miqdordaqo‘llaniladi. Masalan, Soliq kodeksiga muvofiq yillik amortizatsiya me’yori 20 foiz bo'lgan ATV bo‘yicha avtotransport korxonasi hisob siyosatidao‘matilgan me’yorga nisbatan 1,5 koeffitsiyent qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda ushbu ATVning yillik amortizatsiya me’yori 30 foizni (20* 1,5), agar bu koeffitsiyent 2 bo‘lsa, u holda yillik amortizatsiya me’yori 40 foizni (20*2) tashkil etadi. Yillik amortizatsiya me’yorining 1/12 qismi oylik amortizatsiya me’yori hisoblanadi. Amortizatsiya (eskirish)ni qoldiq qiymatdan hisoblash usulida amortizatsiya (eskirish) summasi ATV sotib olingan oydan keyingi oydan boshlab boshlang‘ich qiymatdan, undan keyingi oylardan boshlab esa oldingi oylar oxiriga qolgan qoldiq qiymatdan hisoblanadi. Misol. Aytaylik, avtotransport korxonasi 15 sentabr kuni taksi sifatida ishlatish maqsadida 10 dona «Volga 31105» rusumli avtomobillarni sotib oldi. Ular har birining boshlang ‘ich qiymati 15000000 so'm. Korxona hisob siyosatida ATVlarning tugatish qiymati nazarda tutilmagan. ATVlarning xizmat muddati 5yil, yillik amortizatsiya me ’yori 20 %. Korxona yillik amortizatsiya me ’yorini 1,5 baravar, ya’ni 30 foiz miqdorida qo ‘Hash tartibini belgilagan. Demak, ATVlar bo ‘yicha oylik amortizatsiya me ’yori 2,5 foiz (30/12). Yuqoridagi ma’lumotlar asosida avtotransport korxonasida ushbu avtomobillar amortizatsiyasi ular sotib olingan hisobot yilida kamayib boruvchi qoldiq usulida quyidagicha hisob-kitob qilinadi (20.4-jadval). Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling