Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining kapital invest is iya sifatida tan olingan summasiga


Download 1.4 Mb.
bet212/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining kapital invest is iya sifatida tan olingan summasiga:

Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalan>;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;

  1. yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan summasiga:

Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»

  1. yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining davr xarajatlari hisobi schotlariga о ‘tkazilgan qismiga:

Debet 9400 «Davr xarajatlarini hisobga olib boruvchi schotlar»
! Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».
1 Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining tahliliy hisobi avtotransport korxonalari yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo‘linmalari bo‘yicha lOjurnal-orderda yuritiladi.
Avtotransport korxonalarida umumishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘ lgan xarajatlar hisobi 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida yuritiladi. Ushbu schotda quyidagi xarajatlar aks ettiriladi:

  1. ombor xo‘jaliklarini saqlash hamda ularni ekspluatasiya qilish xarajatlari;

  2. ishlab chiqarish maqsadidagi mol-mulkni sug‘urtalash xarajatlari;

v) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
g) ATVlar yordamida ish (xizmat)larni yurituvchi xodimlarga maishiy, tibbiy, sanitariya-gigiyena, ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo’linmalari.

  1. ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish xarajatlari;

  2. umumishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;

j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Hisobot oyi mobaynida 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotining debetida va mos ravishdagi boshqa schotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan xarajat moddalari bo'yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan xarajatlar avtotransport korxonasi hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schot), yordamchi ishlab chiqarish (2310 schot) hamda davr xarajatlari (9400 schot)ga taqsimlanadi.
Avtotransport korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlarining tahliliy hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'linmalari bo'yicha 10 jurnal-orderda yuritiladi.

    1. Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilish tartibi

Avtotransportkorxonalaridaularningixtisoslashganligig^ko'iahar bir mashina tomonidan bajariladigan ish (ko'rsatiladigan xizmat)larning rejali yoki normativ tannarxi oldindan kalkulyatsiyaqilinadi. Bunda kalkulyatsiya qilishbirligi sifatida turli ko'rsatkichlar, masalan 1 tonna tashiladigan yuk, 1 km bosib o'tiladigan masofayoki ATVning 1 soatlik ish faoliyati olinadi. Rejayoki normativ tannarxni kalkulyatsiya qilish, odatda, bajariladigan ish (ko'rsatiladigan xizmat)larning avtotransport korxonasi uchun qanchaga tushishini, shuningdek erishiladigan moliyaviynatijalarni oldindan chamalash maqsadida amalga oshiriladi.
Bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisobot davrlari (oy, chorak, yil) oxirida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotining ma’lumotlari, shuningdek ATVlarning ish faoliyati hisobi kartochkalari asosida hisob-kitob qilinadi. Bunda, jami sarflangan xarajatlarni bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar hajmiga bo'lish yo'li bilan ularning bir birligiga to'g'ri keladigan summasi, ya’ni tannarxi topiladi. Bir birlik ish (xizmat)ga to'g'ri keladigan haqiqiy tannarx hamda reja (normativ) tannarx o'rtasidagi farq avtotransport korxonasida xarajatlar bo'yicha belgilangan me’yorlarga qanchalik darajadaamal qilinayotganligiga baho berishgaasos bo'ladi.
Reja yoki me’yoriy tannarx ATVlarning har bir turi bo'yicha maxsus kalkulyatsiyakartochkalarini tuzish yo'li bilan hisob-kitob qilinadi. Ushbu kalkulyatsiya kartochkalarida tannarxga kiruvchi xarajatlarning moddalari, ularning bir birlik ish (xizmat) uchun belgilangan miqdorlari (me’yorlari), ular asosida topilgan jami tannarx summasi o'z aksini topadi. Kalkulyatsiya kartochkalari avtotransport korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Ular ATVlar yordamida ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma qiymatini belgilashga xizmat qiladi.
ATVlar yordamida bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda shartnoma baholarini aniqlash tartibi ko‘rgazmali tarzda 20.5-jadvalda yuk tashishga mo‘ljallangan ATV bo‘yicha, 20.6-jadvalda esa yoiovchi tashishga moljallangan ATVlar bo‘yicha keltirilgan.
ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar yaxlit hamda buyurtmali usullar hisoblanadi.
Yaxlit usulda ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi yaxlit tarzda avtotransport korxonasi bo ‘yicha bosh kitobda ochi lgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schoti maiumotlari asosida topiladi. Ushbu schotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schotlar bo‘yicha to‘plangan yig‘ma maiumotlar bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxini bildiradi. Hisobot oyi oxirida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling