Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Sotishdan olingan foyda yoki zarar
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarning hisobi
- Daromad (foyda) solig‘iga tortiladigan foyda (zarar)
- Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi
- Debet
- Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini moliyaviy hisobotda aks ettirish xususiyatlari
Sotishdan olingan foyda yoki zarar. ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan sof tushum hamda ularning sotish
tannarxi summalarining farqidan tashkil topadi. Sof tushumning sotish tannarxidan ko‘p bo‘lishi avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)lardan foyda olganligini, aksincha sof tushumning sotish tannarxidan kam bo‘lishi esa avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan zarar ko‘rganligini bildiradi. Buxgalteriya hisobida sotishdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schoti ma’lumotlari asosida arifmetik yo‘l bilan topiladi. Avtotransport korxonalarida davr xarajatlari deganda ular tomonidan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larni sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operasion faoliyatga doir xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlarning hisobi mos ravishda 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari», 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotlaridaolib boriladi. Avtotransport korxonalarida sotish xarajatlariga reklama xarajatlari, ish va xizmatlarni bajarish bo‘yicha shartnomalarni tuzish xarajatlari, sotish bilan bog‘liq safar xarajatlari va boshqalar kiradi. Sotish xarajatlari 9410 «Sotish xarajatlari» schotining debetida va bu xarajatlarning aniq turini ifodalovchi boshqa schotlarning (masalan, 100,0, 5010, 5110,6710, va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Avtotransport korxonalarining ma‘muriy-boshqaruv xarajatlariga boshqaruv apparati xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, safar xarajatlari, yuqori tashkilotni saqlash uchun ajratmalar, telefon aloqasi, kanselyariyaj ihozlarini hisobdan chiqarish va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari 9420 «Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari» schotining debetida va aniq xarajatlarni ifodalovchi boshqa schotlarning (0200, 0500, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Avtotransport korxonalarida boshqa operasion xarajatlarga xodimlarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar, kompensasiya to‘lovlari, turli otaliq va hayriya maqsadlarida qilingan xarajatlar, mol-mulk solig‘i, yer solig1 i, suv solig‘i, pensiya fondiga, yo‘l fondiga. maktablarni rivojlantirish fondiga majburiy ajratmalar, mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operasion xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schotining debetida aks ettiriladi. Bunda operasion xarajatlarning aniq moddalarini ifodalovchi boshqa schotlar (1000, 5010, 5110,6400,6710,6520,6990,9210,9220) kreditlanadi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Avtotransport korxonalarida 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotining debetida ularning kelgusida faoliyatni rivoj lantirish maqsadida sarflagan xaraj atlari, chunonchi yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operasion xarajatlar aks ettiriladi. Bu turdagi xarajatlar respublikamizning soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob- kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq bazasidan chegirib boriladigan xarajatlar bu schotning debetida va boshqa schotlarning (masalan, 1000, 5110, 5010, 6010, 6710,6520,6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi vashuyo‘l bilan u yopiladi. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlarini o‘zgarishi avtotransport korxonalarida boshqa yuridik shaxslardagi kabi balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotida belgilangan muddatda ko‘rsatib borilishi lozim. Avtotransport korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi; asosiy vositalarni sotish va boshqa chiqimlaridan olingan foyda; nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda; undirilganjarimalar; voz kechilgan kreditorlik qarzlar; qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar; beg‘araz olingan moliyaviy yordam; xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar; inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar; hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi va boshqalar. son BHMSga muvofiq avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditida aks ettiriladi. Bunda asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning aniq turlarini ifodalovchi schotlar, chunonchi, 1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220 va boshqalar debetlanadi. Hisobot davr oxirida 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditida to'plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi. Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) sotishdan olingan foyda (zarar) summasiga asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar summasini qo‘shish hamda davr xarajatlari summasini ayirishdan keyin hosil bo‘lgan summadan tashkil topadi. Buxgalteriya hisobida asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schoti ma’ lumotlari asosida arifmetik yo‘l bilan topiladi. Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarning hisobi Avtotransport korxonalari, oldingi mavzularda ta’kidlab o'tganimizdek, asosiy faoliyatdan tashqari boshqa asosiy bo‘lmagan faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanishlari mumkin. Bunday faoliyat turlariga, jumladan ularning investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyati, emissiya faoliyati va boshqalar kiradi. Ushbu faoliyat turlari bo'yicha erishilgan moliyaviy natijalar ham mos ravishda ularga doir daromad, xarajat hamda foyda yoki zarar ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Bu ko'rsatkichlar bilan birgalikda topilgan moliyaviy natijalar avtotransport korxonalarining umumxo'jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarini ifodalaydi. Avtotransport korxonalarida umumxo'jalik faoliyatidan olingan daromadlarga boshqa yuridik shaxslarga kiritilgan moliyaviy investisiyalardan dividend, royalti va foiz ko'rinishida olingan daromadlar, shuningdek uzoq muddatli ijaradan, valuta kurslarini ijobiy tomonga o'zgarishidan, qimmatli qog'ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar kiradi. Ushbu daromadlar hisobot davrida 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditida aks ettiriladi. Bunda asosiy bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan boshqa daromadlarning aniq turlarini ifodalovchi schotlar, chunonchi 4010, 4310, 4810, 4820, 4830, 4840, 4850, 5210, 5220, 5810, 6230 va boshqalar debetlanadi. Hisobot davr oxirida 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi. Avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyatiga doir xarajatlarga olingan kredit va qarzlar uchun to'lanadigan foizlar, valuta kurslarini salbiy tomonga o‘zgarishidan, qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar kiradi. Ushbu xarajatlar va zararlar hisobot davrida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning debetida aks ettiriladi. Bunda asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga doir xarajat va zararlarning aniq turlarini ifodalovchi schotlar, chunonchi 6010,6310,6910,6920,6990, 5020,5210,5220,5810 va boshqalar kreditlanadi. Hisobot davr oxirida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi. Umumxo‘jalik faoliyatiga doir daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasi yoki undan ko‘rilgan zararini bildiradi. Ushbu foyda yoki zarar arifmetik yo‘l bilan 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» hamda 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar»ning 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotining mos ravishda kredit va debet tomonlariga o‘tkazilgan ma’lumotlar asosida topiladi. Avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga yuqoridagi ko‘rsatkichlardan tashqari soliq to‘Iagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) va daromad (foyda) solig‘iga tortiladigan foyda (zarar) ko‘rsatkichlari ham kiradi. Avtotransport korxonalarining soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foydasi (zarari) ularning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) summasiga favquloddagi foyda summasini qo‘shish hamda favquloddagi zarar summasini ayirish yo‘li bilan topiladi. 21 -son BHMSga muvofiq avtotransport korxonalarida favquloddagi daromadlar 9710 “Favquloddagi foyda” schotining kreditida hisobga olinadi. Bunda favqulodda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan 0100,0400,0700,1000,4890,5010,5110 va boshqa schotlar debetlanadi. Favquloddagi zararlar hisobi 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida yuritiladi. Bunda favquloddagi hodisalardan ko‘rilgan zararlarning aniq moddalarini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 5010, 5110, 6990 va boshqa schotlar kreditlanadi. Hisobot davri oxirida 9710 “Favquloddagi foyda” schotining kreditida hamda 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida to‘plangan summalar mos ravishda 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘ 1 bilan ushbu schotlar yopiladi. Daromad (foyda) solig‘iga tortiladigan foyda (zarar) ko‘rsatkichi soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) summasiga «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom»ning 1 -ilovasida keltirilgan doimiy farqlar va beg‘araz olingan mulk summalarini qo‘shish, shuningdek ushbu nizomning 2-ilovasida keltirilgan vaqtinchalik farqlar, ol ingan dividendlar hamda daromad (foyda) solig4i bo‘yicha soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan imtiyozlar summalarini chegirish yo‘li bilan topiladi. Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi Avtotransport korxonalarining hisobot davr (chorak, yil)dagi sof foydasi (qoplanmagan zarari) ularning tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘raturlicha aniqlanadi. Chunonchi, umumdavlat soliqlarni to‘lovchi avtotransport korxonalarida sof foyda (qoplanmagan zarar) soliq to‘ lagunga qadar bo‘ lgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan daromad (foyda) solig‘ i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma rivoj lantirish solig1 i summasini ayirish orqali topiladi. Yagona soliq to‘lovida ishlovchi avtotransport korxonalarining sof foydasi ularning soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasini ayirish orqali topiladi. Avtotransport korxonalarining sof foydasi (zarari) 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotida barcha daromad va xarajatlar, daromaddan undiriladigan soliqlar to‘liq aks ettirib boiingach, uning yopilishigaqadar kredit hamda debet aylanmasi summalari oitasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Ushbu schotning yopilishiga qadar bo’lgan kredit aylanmasi summasining debet aylanmasi summasidan katta boiishi transport korxonasida sof foydaga erishilganlikni, uning debet aylanmasi summasining kredit aylanmasi summasidan katta boiishi esa transport korxonasining hisobot davmi zarar bilan yakunlaganligini bildiradi. Erishilgan sof foyda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»; Kredit 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Avtotransport korxonasining hisobot yilida faoliyatni zarar bilan yakunlashi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»; Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija». Avtotransport korxonalari о‘zlarining sof foydasi ni ularning tashkiliy- huquqiy maqomiga ko‘ra qonun hujjatlari hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarda vatartiblarda turli maqsadlarda ishlatadilar. Chunonchi, aksiyadorlikjamiyatlari shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi kelgusi yilda aksiyadorlar yigilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksiya egalariga sof foydanining dividend sifatida taqsimlanishiga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»; Kredit 6610 «Hisoblangan dividendlar». Sof foydadan rezerv kapitaliga qilingan ajratma summasiga: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»; Kredit 8520 «Rezerv kapitali». Hisobot yilning taqsimlanmay qolgan sof foydasining o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasiga o‘tkazilishiga: Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»; Kredit 8720 «0‘tgan yillarning taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Mas’uliyati cheklangaiijamiyat shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi ustav shaitlariga muvofiq taqsimlanadi hamda yuqorida keltirilgan yozuviarga o‘xshash yozuvlar asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Respublikamizning xususiy korxonalar to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq ushbu maqomdagi avtotransport korxonalarida olingan sof foyda ular egalariningmulki hisoblanadi hamda dividend solig‘igatortilmaydi. Davlat unitar korxonalari maqomidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi taqsimlanmaydi. Ushbu turdagi korxonalarda hisobot yilning sof foydasi ularning ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi va unga quyidagicha buxgalteriya hisobi qilinadi: Debet 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»; Kredit 8300 «Ustav kapitali». Davlat unitar korxonalari maqomidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning qoplanmagan zarari ustav kapitalini kamaytirishga olib boriladi va u yuqoridagi yozuvga teskari bo‘lgan yozuv asosida aks ettiriladi. Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini moliyaviy hisobotda aks ettirish xususiyatlari Avtotransport korxonalari moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ular tomonidan tuziladigan «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl)da o‘z aksini topadi. Ushbu hisobotni tuzishga asos bo‘lib avtotransport korxonalarining barcha turdagi daromad va xarajatlari, foyda hamda foydaning ishlatilishi hisobi uchun mo‘ ljallangan vaqtinchalik (tranzit) schotlarning ma’lumotlari hisoblanadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning alohida satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling