090-satr «Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari»da avtotransport korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari aks ettiriladi. Bu satrni to‘ldirishga asos bo‘lib asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi uchun mo‘ljallangan schotlarning (9310-9390 schotlar) kredit aylanmasi summalari hisoblanadi. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobotning «Daromadlar» ustunchasida ko'rsatiladi.
100-satr «Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)»da avtotransport korxonasining asosiy faoliyatdan olgan foydasi yoki ko‘rgan zarari ko‘rsatiladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 030-satri summasidan 040-satrdagi summani ayirish, shuningdek 090 satrda ko‘rsatilgan
summani qo‘shish orqali topiladi. Avtotransport korxonasining asosiy faoliyatdan olgan foydasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, ko‘rgan zarari esa uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
110-satr «Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami»da avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy va investisiya faoliyat turlaridan olgan daromadlarining umumiy summasi ko'rsatiladi. Bu satrda ko'rsatilgan summa mos ravishda 120-satr «Dividendlar ko'rinishidagi daromadlar», 130-satr «Foizlar ko'rinishidagi daromadlan>, 140-satr «Uzoq muddatli ijara (lizing)dan daromadlar», 150-satr «Valuta kursi farqidan daromadlar» va 160-satr «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari»dako‘rsatilgan summalarning yig' indisiga teng bo'lishi lozim. Hisobotning 120-160-satrlarini to'ldirishga moliyaviy faoliyatga doir daromadlarning alohida turlari hisobi uchun mo'ljallangan mos ravishdagi schotlarning (9510-9590 schotlar) kredit aylanmasi summalari asos bo'ladi. Moliyaviy faoliyatga doir daromadlar hisobotning «Daromadlar» ustunchasida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |