Nazorat uchun test savol-javoblari Xo‘jalik holati
Avtobus parki hisobot yilida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar: shahar ichi marshrutlaridan (QQSsiz)-450 mln. so‘m; shaharlararo qatnovlardan (QQS bilan) - 600 mln. so‘m; yakka tartibdagi buyurtmachilarga shaharlararo ko‘rsatilgan xizmatlardan (QQS bilan) - 60 mln. so‘m. Ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi jami - 750 mln. so in. Voz kechilgan kreditorlik qarzlar- 0,8 mln.so‘m. Davr xarajatlari -100 mln. so‘m, shundan soliq bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar - 15 mln. so‘m, olingan dividendlar (dividend solig‘i ushlangan) - 2 mln. so‘m, to‘langan foizlar 4 mln. so‘m, favquloddagi zararlar 6 mln. so‘m, beg‘araz olingan mulk -15 mln.so‘m.
Yuqorida keltirilgan shartli ma’ lumotlar asosida quyidagi test savollariga to‘g‘ri javoblarni toping.
Ko‘rsatilgan avtotransport xizmatlaridan olingan sof tushum teng va aks ettiriladi:
Debet 5010,4010 Kredit 9030 -1110 mln. so‘m;
Debet 5010,4010 Kredit 9030- 1050 mln. so‘m;
v) Debet 5010,4010 Kredit 9030 -1000 mln. so‘m;
g) Debet 5010,4010 Kredit 9030 -1200 mln. so‘m.
Avtotransport xizmatlaridan olingan yalpi foyda teng va u aks ettiriladi:
250 mln. so‘m, maxsus schotda aks ettirilmaydi;
360 mln. so‘m, 9030 schotda aks ettiriladi; '
v) 300 mln. so‘m, 9910 schotda aks ettiriladi;
g)450 mln. so‘m, 8710 schotda aks ettiriladi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda teng va u aks ettiriladi:
250 mln. so‘mga, 9910 schotda aks ettiriladi;
360,8 mln. so‘mga, 9910 schotda aks ettiriladi;
v) 150,8 mln. soinga, maxsus schotda aks ettirilmaydi; g) 300,8 mln. so‘mga, 8710 schotda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |