Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


F - olingan foizlar. Soliqqa tortiladigan foyda (Stf)


Download 1.4 Mb.
bet233/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

F - olingan foizlar.

  • Soliqqa tortiladigan foyda (Stf) - bu soliqqa tortiladigan daromaddan foyda solig‘ini hisoblashuchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan xarajatlarni ayirgandan keyin qoladigan foyda summasi, ya’ni:

Stf = Std -I
bu yerda: I - imtiyoz sifatida soliqqa tortiladigan daromaddan chegiriladigan xarajatlar hamda soliqdan ozod etilgan foyda summasi.
Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar deganda Soliq kodeksi va «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidaNizom»ga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllantirishda soliqqacha foyda summasini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tarkibida aks ettirilgan xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlar tarkibiga, chunonchi me’yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, me’yordan ortiq vakillik xarajatlari, moddiy yordam va kompensasiyalar, avtotransport korxonasining asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotish va boshqa chiqimlaridan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi xarajatlar kiradi. Ularning to‘liq ro‘yxati Soliq kodeksining 147-moddasida keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan avtotransport korxonalari soliq solish bazasiga qayta qo'shiladigan xarajatlarni mustaqil hisoblaslilari, ular summasini foyda solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.
Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar deganda9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar» schotda aks ettirilgan xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlarning to‘liqro‘yxati Soliq kodeksining 146-moddasida keltirilgan. Ushbu xarajatlar ham foyda solig‘ i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling