170-satr «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, jami»da avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlarning umumiy summasi ko'rsatiladi. Bu satrda ko'rsatilgan summa mos ravishda 180-satr «Foizlar ко' rinishidagi xarajatlar», 190-satr «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo'yicha foizlar ko'rinishidagi xarajatlar», 200-satr «Valuta kursi farqidan zararlar» va 210-satr «Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar»da ko'rsatilgan summalarning yig' indisiga teng bo'lishi lozim. Hisobotning 180-210-satrlarini to'ldirishga moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlarning alohida turlari hisobi uchun mo'ljallangan mos ravishdagi schotlarning (9610-9690 schotlar) debet aylanmasi summalari asos bo'ladi. Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
220-satr «Umumxo‘jalik faoliyati foydasi (zarari)»da avtotransport korxonasining umumxo'jalik faoliyatidan olgan foydasi yoki ko'rgan zarari ko'rsatiladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 100- satri summasiga 110-satrda ko'rsatilgan summani qo'shish hamda 170- satrdagi summani ayirish orqali topiladi. Avtotransport korxonasining umumxo'jalik faoliyatidan olgan foydasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, ko'rgan zarari esa uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
230-satr «Favquloddagi foyda va zararlar»da avtotransport korxonasining hisobot davrida olgan favquloddagi foydasi hamda ко ‘ rgan zarari aks ettiriladi. Ushbu satrda favquloddagi foyda hisobi uchun mo'ljallangan 9710 schotning kredit aylanmasi summasi daromadlar ustunchasiga va favquloddagi zararlar hisobi uchun mo'ljallangan 9720 schotning debet aylanmasi summasi xarajatlar ustunchasiga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |