Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


-bob. AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR KO‘RSATKICHLARINING HISOBI


Download 1.4 Mb.
bet219/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

21-bob. AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR KO‘RSATKICHLARINING HISOBI

  1. Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari hisobi

Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar sotishdan olingan sof tushum, sotish tannarxi, sotishdan olingan foyda yoki zarar, davr xarajatlari, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarni shakllantirish va hisobga olishda avtotransport korxonalari boshqa xo'jalik yurituvchi sub’yektlar singari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidanizom»ga, shuningdek respublikamizning 1-son “Moliyaviy hisobot va hisob siyosati», 2-son BHMS «Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar», 3-son BHMS «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» va 21 - son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo'yicha yo‘riqnoma»ga amal qilishlari lozim.
Avtotransport korxonalarida sotishdan olingan sof tushum deganda ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlar tushuniladi. Hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida sotishdan olingan sof tushum 9030 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan daromadlar» schotining kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning kreditida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yoi bilan u yopiladi.
Avtotransport korxonalarida sotish tannarxi deganda ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)largaketgan barcha ishlab chiqarish maqsadidagi sarf-xarajatlar tushuniladi. Ushbu ko‘rsatkichning hisobi hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida 9130 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schotida yuritiladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling