240-satr «Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)da avtotransport korxonasining hisobot davrdagi daromad (foyda) solig'ini to'lagunga qadar foydasi (zarari) ko'rsatiladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 220-satri summasiga 230-satrda ko'rsatilgan favquloddagi foyda summasini qo'shish hamda favquloddagi zararlar summasini ayirish yo'li bilan topiladi. Avtotransport korxonasining daromad (foyda) solig'ini to'lagunga qadar bo'lgan foyda summasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, daromad (foyda) solig'ini to'lagunga qadar bo'lgan zarar summasi esa uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
250-satr «Daromad (foyda) so!ig‘i umumdavlat soliqlarini to’lovchi avtotransport korxonalari tomonidan to'ldiriladi. Ushbu satmi to'ldirishga «Daromad (foyda) solig'i hisob-kitobi» asosida hisoblangan hamda 9810 «Foydaning daromad (foyda) solig'i uchun ishlatilishi» schotining debet aylanmasida ko'rsatilgan summa asos bo'ladi. Hisoblangan daromad (foyda) solig'i summasi hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
260-satr «Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar>> satri turli maqomdagi avtotransport korxonalarida turlicha to'ldiriladi. Chunonchi, umumdavlat soliqlarini to'lovchi avtotransport korxonalari ushbu satrda hisobot davrida hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i summasini «Xarajatlar» ustunchasida ko'rsatadilar. Ixchamlashtirilgan soliq rejimida faoliyat yurituvchi avtotransport korxonalari bu satrda yagona soliq to'lovini aks ettiradilar. Satmi to'ldirishga asos bo’lib umumdavlat soliqlarini to'lovchi avtotransport korxonalarida «Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i hisob-kitobi», ixchamlashtirilgan soliq rejimida ishlovchi avtotransport korxonalari esa «Yagona soliq to'lovi hisob-kitobi» ma’ lumotlari, shuningdek mos ravishda ushbu soliq turlarining hisobi uchun mo'ljallangan schotlarning (9820, 9830 schotlar) debet aylanmasi summalari hisoblanadi. Hisobotda hisoblangan soliq summalari uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
270-satr «Hisobot davrining sof foydasi (zarari)da avtotransport korxonalarining hisobot davrda olgan sof foydasi (zarari) aks ettiriladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 240-satri summasidan 250-satrda hamda 260-satrda ko‘rsatilgan soliqlar summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Avtotransport korxonasining hisobot davrida erishgan sof foydasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, qoplanmagan sof zarar summasi esa uning «Xarajatlar» ustunchasida ко‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |