Debet 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»;
Kredit 4410 «Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari».
Oldingi hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan QQS summasining hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan soliq summasidan ortiq bo‘lgan summasi vujudgakelgan hollarda ko‘rsatilgan ortiqcha summa hisobot davridan keyingi davrda kamaytirishga olib boriladi. Kamaytirishga olib boriladigan QQS summasi hisoblangan QQS summasidan ortiq bo‘lganida, unda bunday ortiqcha summa (manfiy saldo) qurilish tashkilotigauning soliqlar vayig‘imlarbo‘yichaqarzi bo‘lmagan taqdirda qonunda belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda ushbu ortiqcha summa qurilish tashkilotining shaxsiy schotida ortiqcha to‘lov sifatida emas, balki manfiy saldo sifatida hisobga olinadi. Ortiqcha to‘langan QQS summasining qurilish tashkilotiga qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
Kredit 4410 «Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari».
Pudratchi tashkilotlarni Budjetga QQS bo‘yicha qarzlarining to‘ lanishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 6410 «Budjetga to’lovlar bo‘yicha qarz»;
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
Daromad (foyda) solig‘i hisob-kitobi va uning hisobi. Soliq qonunchiligi hujjatlariga ko‘ra qurilish tashkilotlarida boshqa xo‘jalik yuritish sub’yektlaridagi kabi daromad (foyda) solig‘ini hisob-kitob qilish uchun «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidaNizom»danomlari keltirilgan foyda (zarar) ko‘rsatkichlaridan tashqari soliqqa tortish maqsadida yana ikkita quyidagi foyda ko‘rsatkichi hisoblash yo‘li bilan topiladi. Bular:
Do'stlaringiz bilan baham: |