Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


“Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar” -


Download 1.4 Mb.
bet57/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schotning debetida yil mobaynida qurilish tashkiloti tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va boshqa schotlarning (masalan, 1000,5110,5010,6710,6520,6990) kreditida aks ettiriladi.

  • 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schotning debetida yil mobaynida qurilish tashkilotining moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa xarajatlar aks ettiriladi Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va boshqa schotlarning (0600,5800,6990) kreditida aks ettiriladi.

    1. Soliqqacha foyda (Fst) yoki zarar (Zst). Bu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:

    Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff -Fz,
    bu yerda: Fd -favquloddagi foyda; Fz -favquloddagi zararlar.
    21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida favquloddagi daromadlarning hisobi 9710 “Favquloddagi foyda” schotining kreditida, favquloddagi zararlarning hisobi 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida hisobga olinadi. Favqulodda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan 0100,0400,0700,1000,2800, 2900 va boshqa schotlar debetlanadi. Favquloddagi hodisalardan ko‘rilgan zararlarning aniq moddalarini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan, 0100,0400,0700,1000,2900 va boshqa schotlar kreditlanadi.

    1. Sof foyda (sf) yoki sof qoplanmagan zararlar (SZ).

    Sf (Sz) = Fst (Zst) -Ds - Aj,
    bu yerda: Ds - daromaddan olinadigan soliqlar ( foyda solig‘i, infrastnikturani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi);
    Aj - foydadan boshqa ajratmalar.

    1. -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida hisobot yilning foydasi (zarari)ni topish barcha daromad va xarajatlarni 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»” schotida aks ettirish va ushbu schotning debet va kredit aylanmalari summasini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jumladan, daromadlarni aks ettiruvchi barcha schotlar (9010-9030, 9310-9390, 9510-9590, 9710)ning kreditida to‘plangan summa yil oxirida9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schotning kreditiga, xarajatlarni aks ettiruvchi barcha schotlar (9110­9130, 9410-9440, 9610-9690, 9720)ning, shuningdek foydanning ishlatilishini aks ettiruvchi schotlar (9810-9820)ning debetida to‘plangan summa yil oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schotining debetiga o‘tkaziladi, ya’ni:

    Debet 9010-9030, 9310-9390, 9510-9590, 9710 Kredit 9900;
    Debet 9900 Kredit 9110-9130,9410-9440,9610-9690,9720,9800.
    Qurilish tashkilotlarining hisobot yilida erishgan sof foydasi yil yakuni bilan hisobot yilning taqsimlamagan foydasini aks ettiruvchi schotga quyidagicha o‘tkaziladi:
    Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»;
    Kredit 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)».

    Qurilish tashkilotlarining hisobotyilida ko‘rgan zarari yil yakuni bilan buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
    Debet 8710 «Hisobot darvining taqsinilanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
    Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natij a».
    Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning tahliliy hisobi 15-sjurnal-orderdaolib boriladi.


      1. Download 1.4 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   305




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling