Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar - yil mobaynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan xarajatlar.
Valutalar kurslari farqidan zararlar - yil mobaynida balansning valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqdan ko‘rilgan zararlar.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar
yil mobaynida qurilish tashkiloti tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘ liq xaraj atlar.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar - aktiv yil mobaynida qurilish tashkilotining moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa xaraj atlar.
Bevosita soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar - qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatadigan, ya’ni xarajatlar ko‘payishiga yoki olingan daromadning bir qismini undirish hisobidan pirovard natijada erishiladigan sof foyda summasini kamaytirishga olib keladigan soliqlar.
Bilvosita soliqlar yoki egri soliqlar - qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan, ya’ni sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bahosi ustiga budjet foydasi uchun qo‘yiladigan soliqlar.
Soliqqa tortiladigan foyda - soliqqa tortiladigan daromaddan foyda solig‘ini hisoblash uchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan xarajatlarni ayirgandan keyin qoladigan foyda summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |