Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Qurilish tashkilotlarida majburiy ajratmalar, yig‘imlarva ushlanmalarning hisobi
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-jadval Qurilish tashkilotlarining 2010 - yilda to‘laydigan majburiy
- Debet
- Tayanch iboralar Qurilishda sotishdan olingan foyda (zarar)
- Qurilishda asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar
- Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar)
Qurilish tashkilotlarida majburiy ajratmalar, yig‘imlarva ushlanmalarning hisobi
Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi qurilish tashkilotlari soliq to‘lovlaridan tashqari davlatning budjetdan tashqari maqsadli fondlariga turli ajratma va ushlanmalarni amalga oshiradilar (7.2-jadval). 7.2-jadval Qurilish tashkilotlarining 2010 - yilda to‘laydigan majburiy
6Avtomobillarning foydalanish muddatiga qarab har bir ol kuchi uchun eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan foizda hisoblangan summadan kichik bo’lgan taqdirda Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning hisob-kitoblari tasdiqlangan shakllarda tuziladi va belgilangan muddatlarda davlat soliq idoralariga taqdim etiladi. Ushbu hisob-kitob ma’lumotlari davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bo‘ladi. Pensiya fondi, Respublika yo‘ 1 fondi va maktab ta‘ limini rivoj lantirish fondiga baj arilgan ishlardan olingan sof tushumga nisbatan mos ravishda belgilangan stavkalarda hisoblangan majburiy ajratmalar summasi hisobot oyida hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»; Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar». Pensiya fondiga hisobot davrida hisoblangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan stavkada hisoblangan majburiy ajratma summasi hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet Xarajat schotlari (2010,2310,2510,9410,9420,9210,0810); Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar». Xodimlarga hisoblangan ish haqidan pensiya fondiga 4 foizlik stavkada majburiy ushlanmaning ushlab qolinishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 6710 «Xodim bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar»; Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar». Respublika yo‘l fondiga sotib olingan yangi avtotransport vositalari uchun to‘langan majburiy yig‘im summasi 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»; Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar». Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning o‘tkazib berilishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar»; Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti». Yagona soliq to’lovi rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish tashkilotlari yuqorida nomlari keltirilgan majburiy ajratmalarning to‘lovchilari hisoblanmaydilar. Tayanch iboralar Qurilishda sotishdan olingan foyda (zarar) - bajarilgan ishlardan olingan sof tushum va ularning sotish tapnnarxi o‘rtasidagi farq summasi. Qurilishda davr xarajatlari - qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari, ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar vako‘rsatilgan xizmatlarni sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operatsion faoliyatga doir xarajatlar. Qurilishda asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar- qurilish tashkilotlarining asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallarini sotishdan foyda, undirilganjarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, qisqa muddatli ijaradan daromadlar, beg‘araz qaytarilmaydigan moliyaviy yordam, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, o‘tgan yillarning foydasi kabi daromadlar (foyda)ning maj muasi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) - asosiy faoliyatdan olingan foyda va boshqa daromadlar yig‘indisidan davr xarajatlari summasini ayirishdan keyin qolgan summa. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) - asosiy faoliyatdan olingan foyda va moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar yig‘indisidan moliyaviy faoliyatga doir xarajatlari summasini ayirishdan keyin qolgan summa. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling