Beg‘araz olingan mulk - bu boshqa yuridik va j ismoniy shaxslardan haqi to‘lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o’rnatishgamo‘ljallanganjihozlar, materiallar).
Grantlar - qurilish tashkilotiga davlat (hukumat) hamda nodavlat, chet el, xalqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan beg‘araz, gumanitar pul mablag‘lari yoki moddiy texnik yordam summasi.
Yagona soliq to‘lovi -mikrofirma va kichik korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari uchun barcha turdagi boshqa soliqlar, shuningdek budjetdan tashqari Pensiyajamg‘armasi, Respublika yo‘ljamg‘annasi va Maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘arrnasiga majburiy ajratmalarni to‘ lash o‘miga joriy etilgan soddalashtirilgan soliq.
Majburiy ajratmalar - Pensiya fondi, Respublika yo‘l fondi va Maktab ta‘ limini rivoj lantirish fondiga bajarilgan ishlardan olingan sof tushumga nisbatan mos ravishda belgilangan stavkalarda hisoblanadigan majburiy ajratmalar.
Majburiy ushlanmalar- Pensiya fondi hisoblangan ish haqi fondining qonun hujjatlarida belgilangan qismiga nisbatan belgilangan stavkalarda hisoblanadigan majburiy ushlanma summasi.
Qurilish tashkilotining hisobot davrida bajargan ish hajmi 600 mln. so‘m (QQS bilan). Ta’minotchilargato‘langan QQS summasi 60 mln. so‘m. Sotish tannarxi-400 mln. so‘m, davr xarajatlari-70 mln. so‘m, shundan soliq bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar -10 mln. so‘m, olingan dividendlar (dividend solig‘iushlangan)-1 mln. so‘m,to‘langan foizlar 2 mln. so‘m, favquloddagi zararlar 4 mln. so‘m, beg‘araz olingan mulk - 5 mln.so‘m. Foyda solig‘i stavkasi - 10%.
Nazorat uchun testsavol-javoblari
Ushbu xo‘jalik situatsiyasida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi savollarga to‘g‘ri javoblarni toping.
Bajarilgan ishga to‘g‘ri keladigan QQS summasi teng:
120 mln. so‘m;
100 mln. so‘m;
v) 80 mln. so‘m;
g) 83,3 mln. so‘m.
Budjetga to‘lanadigan QQS summasi teng:
40 mln. so‘m;
60 mln. so‘m;
v) 20 mln. so‘m;
g) 20,3 mln. so‘m.
Sotishdan olingan QQS summasi aks ettiriladi:
Debet 9030 Kredit 6410 100 mln. so‘mga;
Debet 4010 Kredit 6410 100 mln. so‘mga;
v) Debet 4010 Kredit 6410 120 mln. so‘mga;
g) Debet 9030 Kredit 6410 120 mln. so‘mga.
Do'stlaringiz bilan baham: |