Soliqqacha foyda (zarar) - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va favquloddagi foyda yig‘indisidan favquloddagi zararlar summasini ayirishdan keyin qolgan summa.
Sof foyda (zarar) - soliqqacha foyda summasidan foydadan (daromaddan) undiriladigan soliqlar summasini ayirishdan keyinqolgan summa
Royalti ko‘rinishidagi daromadlar - qurilish tashkilotlarining nomoddiy aktivlarini, masalan qurilish bo‘yicha loyihalar, me’yor va tartiblar (standartlar to‘plarni), litsentziyalar va boshqalarni ijaraga berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar.
Dividendlar - qurilish tashkilotining aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalari uchun hisoblangan daromad.
Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar - qurilish tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga bergan qarzlari va kreditlari uchun hisoblangan foizlar.
Valutalar kurslari farqidan daromadlar - qurilish tashkilotining valuta schotida saqlanayotgan chet valutasi va chet el valutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurslar farqi.
Uzoq muddatli ijaradan daromadlar - mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi.
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar—uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natijasida vujudga kelgan daromadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |