Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) nomli 450-satrda qurilish tashkilotining yil oxiridagi jami taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari) ko‘rsatiladi. Ushbu summa o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) va hisobot yilning sof foydasi (qoplanmagan zarari) summalaridan tashkil topadi. Qoplanmagan zararlar balansning ushbu satrida minus ishorasi bilan ko’rsatiladi.
Maqsadli tushumlar nomli 460-satrda qurilish tashkilotining turli
maqsadlarda olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo’yicha maqsadli imtiyozlar summalari aks ettiriladi.
Jami uzoq muddatli majburiyatlar nomli 490-satrda qurilish tashkilotlarining bir yildan ko‘p muddatga olgan kreditlari va qarzlari bo’yicha majburiyatlarining jami summasi ko‘rsatiladi. Jami uzoq muddatli majburiyatlar ularning alohida turlari bo'yicha balansning mos satrlarida (500-590) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni to‘ldirishga asos bo’lib uzoq muddatli kreditorlik qarzlarning alohida turlarni aks ettiruvchi schotlarning oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.
Jami joriy majburiyatlar nomli 600-satrda qurilish tashkilotlarining bir yildan kam bo’lgan
muddatga olgan kreditlari, qarzlari va boshqa majburiyatlarining jami summasi ko’rsatiladi. Jami joriy majburiyatlar ularning alohida turlari bo’yicha balansning mos satrlarida (610-760) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni to‘ldirishga asos bo‘lib joriy kreditorlik qarzlarning alohida turlarni aks ettiruvchi schotlarning oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlari balans valutasiningjami summasi aktivda va passivda alohida satrlarda (mos ravishda 390-satr va 780-satr) ko‘rsatiladi.
Qurilish tashkilotlarining o‘zlariga tegishli bo‘lmagan aktivlarvapassivlar balansda «Balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan qiymatliklarning mavjudligi to’g’risida ma’lumot»da 790-920-satrlarda ko‘rsatiladi.
Bunday aktiv va passivlarga, chunonchi quyidagilar kiradi: