Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)


Download 1.4 Mb.
bet75/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)
Hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib qurilish tashkiloti hisobot davridayuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘ larining davr boshi va oxiridagi holali to‘g‘risidayig‘mama’Iumotlarni aks ettirish hisoblanadi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ikki bo‘limdan iborat. Uning birinchi bo‘limida milliy valutadagi pul mablag‘larining holati va harakati, ikkinchi bo‘limida esa chet el valutasidagi pul mablag‘ larining holati va harakati 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy e’lon qilgan kursi bo‘yicha milliy valutada aks ettiriladi.
Hisobotda pul oqimlarini aks ettiruvchi ko‘i'satkichlar qurilish tashkiloti pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha ilbda etadi: Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda bajarilgan qurilish ishlari, sotilgan tayyor mahsulot uchun tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun ta’minotchi va pudratchilarga to‘ langan to‘lovlar, xodimlar nomidan to‘langan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek asosiy faoliyatga doir boshqa turdagi to‘langan pul mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (010-050 satrlar) aks ettiriladi. Chet el valutasidagi asosiy faoliyatga doir pul mablag4larining kirim va chiqimi maiumotnomaning 261,262,264,271,273-ustunchalarida ko‘rsatiladi.

  1. Investitsiya faoliyati bo‘yicha. Ushbu bo‘limda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, shuningdek uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish hamda sotishga doir pul oqimlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (060-100 satrlar) ko‘rsatiladi.

  2. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda olingan va to‘langan foizlar, olingan vato‘langan dividendlar, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushumlar, xususiy aksiyalarni sotib olishga sarflangan pul mablag‘lari, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to’lovlari, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to’lovlari, moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘ lovlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (110­180 satrlar) ko‘rsatiladi. Chet el valutasidagi moliyaviy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va chiqimi ma’lumotnomaning 263, 272- ustunchalarida ko‘rsatiladi.

Hisobotda daromad (foyda) va boshqa soliq to’lovlari alohida bo’limda (190-210 satrlar) ko‘rsatiladi.
Har birbo‘limdankeyin hisobotning alohida satrlarida faoliyat turi bo‘yicha sof pulkirimi/chiqimikoiixdiladi.Buqiirilishtashkilotidaharbirlk)liyatbo‘yichahisobot davrida ko‘ proq kirimgayoki chiqimga erishganlikni aniqlashga imkon beradi.
Hisobotning alohida satrida (220-satr) qurilish tashkilotining moliyaviy- xo‘jalik faoliyatining jami sofpul kirinVchiqimi barcha faoliyat turlari bo‘yicha birgalikda ko‘rsatiladi. Buning uchun barcha faoliyat turlari bo‘yicha pul tushumlari va to’lovlarining guruhlangan summalari (050,100,180,210- satrlar)ning farqi (Q,-) mos ravishda kirim yoki chiqim ustunida aks ettiriladi.
Hisobotning oxirgi ikkita satrida (230 va 240-satrlar) mos ravishda hisobot davming boshi va oxirida mavjud pul mablagiarining qoldiq summalari ko‘rsatiladi. Bunda240-satrdako‘rsatilganpul mablagiarining oxirgi qoldig‘i 230-satrda ko‘rsatilgan pul mablagiarining bosh qoldigi va 220-satrda ko‘rsatilgan hisobot davridagi pul mablag4 larining sof kirim/ chiqim summalari yig’indisi yoki ayirmasiga teng boiishi lozim.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot pul mablagiari hisobi uchun moljallangan schotlar ( 5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) maiumotlari asosida tuziladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling