Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)
Ushbu hisobotning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to'g‘risidapul o‘lchovbirligidagi ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga biriktirilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati vaharakatigadoir ma’lumotlarni aks ettirishgamo’ljallangan.
Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va kamayishi, shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar xususiy kapitalning elementlari hisobi uchun mo‘ljallangan schotlardan (8300,8400,8500, 8600, 8700,8800) olinadi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma
(2a- shakl)
Ushbu ma’lumotnomaning asosiy maqsadi - qurilish tashkilotining hisobot davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlarni turli belgilari bo‘yichagiunhlab ko‘rsatish. Ma’lumotnoma 12 ta ustunchadan iborat. Uning 2- ustunida debitorlar va kreditorlarning nomi, 3-ustunchadajami umumiy qarzlar, 4-ustunchadajami qarzlardan muddati o‘tgani ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning 5-12 -ustunchalari qurilish tashkilotiga taalluqli bo‘ lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar to‘g‘risidaaxborotlarni berishgamo‘ljallangan, jumladan:
5- va 6- ustunchalarda bunday qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi;
7- va 8- ustunchalarda hukumat qaroriga asosan oldindan haq to‘lamay bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha qarzlarning mos ravishdajami va muddati o‘tgan summasi;
9-va 10- ustunchalarda davlat resurslari va jamg‘armalaridan ko‘zda tutilgan xomashyo va materiallar bo‘yicha o‘tkazilgan bank toMovlarining mos ravishdajami va muddati o‘tgan summasi;
11 - ustunchada hukumat qarori bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar;
12-ustunchada qonun hujjatlariga muvofiq bildirilgan da’volar bo‘yicha sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan undirish to‘g‘risida qaror chiqqan qarzlar summasi ko‘rsatiladi.
Ma’lumotnomada ko‘rsatilgan debitorlik qarzlarning umumiy summasi buxgalteriya balansining 110- va 210-satrlaridagi summalariga (alohida bo‘linmalarning qarzlaridan tashqari), shuningdek kreditorlik qarzlarning umumiy summasi buxgalteriya balansining 491-va 601-satrlaridagi summalariga mos kelishi shart.
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xatida quri lish tashkilotining hisob siyosatidagi o‘zgarishlarning sabablari, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida mavjud salbiyjihatlar, jumladan xo‘jalik faoliyatini zarar bilan yakunlashga olib kelgan sabablar ochib beriladi. Bunday tushuntirishlar moliyaviy hisobot foydalanuvchilarini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashda, shuningdek hisobot asosida to‘g‘ri boshqaruv qarorlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |