Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnomaning
asosiy maqsadi - qurilish tashkilotining hisobot davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlarni turli belgilari bo‘yicha guaihlab ko‘rsatish.
Tushuntirish xati - qurilish tashkilotining hisob siyosatidagi o‘zgarishlarning sabablari, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida mavjud salbiy jihatlar, jumladan xo‘jalik faoliyatini zarar bilanyakunlashga olib kelgan sabablarni ochib beruvchi qo‘shimcha ma’ lumotlar.
Nazorat uchun test savol-javoblari
Bajarilgan ishlarga to‘g‘ri keladigan QQS qaysi hisobotda aks ettiriladi?
buxgalteriya balansida;
moliyaviy natijalarto‘g‘risida hisobotda;
v) xususiy kapital to‘g‘risida hisobotda;
g) yuqoridakeltirilgan hisobotlarda aks ettirilmaydi.
Kelgusidavr xarajatlari qoldigM qaysi hisobot shaklida aks ettiriladi?
buxgalteriya balansida;
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotda;
v) xususiy kapital to‘g‘risida hisobotda;
g) yuqorida keltirilgan hisobotlarda aks ettirilmaydi.
Qurilish tashkilotining sof tushumi qaysi hisobot shaklida aks ettiriladi?
buxgalteriya balansida;
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotda;
v) xususiy kapital to‘g‘risida hisobotda;
g) yuqorida keltirilgan hisobotlarda aks ettirilmaydi.
Qurilish tashkilotining hisobot davr sof foydasi qaysi hisobot shaklida aks ettiriladi?
buxgalteriya balansida;
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotda;
v) xususiy kapital to‘g‘risida hisobotda;
g) yuqoridakeltirilgan hisobotlarda aks ettirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |