Tayanch iboralar
Moliyaviy hisobot - bu qurilish tashkilotlarining ma’lum hisobot davrida erishgan natijalari hamda ularning mulkiy va moliyaviy holatini milliy valutada ifodalovchi axborotlarni jamlash usuli.
Hisobot davri - bu taqvim yilning 1 - yanvaridan 31 - dekabrigacha bo‘lgan davr, taqvim yilining 1 - oktabridan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish tashkilotlari uchun birinchi hisobot yili bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan kelgusi yilning 31 - dekabrigacha bo‘lgan davr.
Buxgalteriya balansining maqsadi-foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining ma’lum bir sanaga mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risida milliy pul birligida axborot berish.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi - qurilish tashkilotlarining hisobot davrlaridagi daromadlari, xarajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi yig‘mama’lumotlarni aks ettirish.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi - qurilish tashkiloti hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘larining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish.
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi - foyda]anuvchilarga qurilish tashkilotining xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi ma’lumotlarni berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |