Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarni tasniflash, tavsiflash, baholash hamda hisobini yuritish xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun belgilangan umumiy tartiblarga asoslanadi. Shu bilan birga asosiy vositalarning o‘ziga xos tarkibi, ularning maqsadi, ishlatilishi va boshqa jihatlari ular hisobida ayrim o‘ziga xos xususiyatlar mavjudligidan darak beradi. Bu xususiyatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar hisobiga o‘ziga xos vazifalarni ham yuklaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: asosiy vositalarni boshqaruv, nazorat, hisob va hisobot talablaridan kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratish, har bir guruh bo‘yicha unga kiruvchi asosiy vositalar tarkibini aniq belgilash; kirim qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, tiklangan qiymati va qoldiq qiymatini aniq hisob-kitob qilish; asosiy vositalar harakatiga doir operatsiyalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish; asosiy vositalar eskirishi, ularga doir keyingi sarflarni mazmun va mohiyatidan kelib chiqib tegishli schotlarda hisobga olish; asosiy vositalar holati va harakatini hisob va hisobotda to‘g‘ri aks ettirish; asosiy vositalarning mavjudligi va butligini ta’minlash, samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida ularni belgilangan muddatlarda inventarizatsiya qilish; yaroqsiz holga kelgan, samara bermaydigan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida barcha asosiy vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga mo’ljallangan asosiy vositalar - omborlar, shiyponlar, mashina va asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, xo‘jalik inventarlari; (2) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga mo‘ljallanmagan asosiy vositalar-ma’muriyat binosi, ofis mebeli va jihozlari, kompyutyerlar, boshqaruvga xizmat qiladigan yengil avtomobillar, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarni guruhlashda ishchi va mahsuldor hayvonlar alohida guruhga ajratiladi. Ushbu guruhga ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan hamda mahsuldor hayvonlar (ot, tuya, xo‘kiz, tanalar, eshaklar, ona mollar) kiradi. Bu guruhga kiruvchi asosiy vositalarning hisobi maxsus 0170 «Ishchi va mahsuldor hayvonlar» schotida yuritiladi. Qolgan guruhga kiruvchi asosiy vositalarning hisobi, barcha tarmoqlardagi singari, 21 -son BHMSda nazarda tutilgan mos ravishdagi schotlarda olib boriladi. Qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida asosiy vositalar qiymatini baholash 5- son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarning hisob bahosi, ularning boshlang‘ ich qiymati hisoblanadi. Buxgalteriya balansida asosiy vositalar ularning qoldiq qiymatida aks ettiriladi. 0‘z xo‘jaligida boqilgan, shuningdek chetdan xarid qilingan mahsuldor va ishchi hayvonlarni asosiy vositalarga kirim qilishda boshlang‘ich qiymat bo‘lib ularni parvarishlashga (sotib olish) ketgan jami xarajatlarning birgalikda olingan qiymati (tannarxi) hisoblanadi. Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan ko‘p yillik ekinlar (mevali bog‘lar, tokzorlar, choy plantatsiyalari, ixota o‘rmonlari va shu kabilar)ning boshlang‘ich qiymati, ularning yoshidan qat’i nazar, nihollar qiymati hamda nihollarni ekish, parvarish qilish va o‘ stirishga sarflangan xarajatlardan tashkil topadi. Yerlarni yaxshilashga yo‘llangan kapital qo‘yilmalar, chunonchi, botqoq yerlarni quritish, sho‘rini yuvishga qilingan investitsiyalar joriy yilda sarflangan tegishli xarajatlarning haqiqiy miqdori bo‘yicha baholanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida boshqa turdagi asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati umumbelgilangan tartiblarga ko‘ra aniqlanadi. Kirim qilingan asosiy vositalarga ular bo‘yicha yakka tartibda yoki guruh bo‘yicha yuritiladigan hisob kartochkalari (kitobi) ochiladi. Ushbu hisob kartochkalari (kitobi) asosiy vositalarning qishloq xo‘jalik korxonalarida foydali xizmat muddati davomida saqlanadi. Ularga asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, eskirishi va qoldiq qiymatini o‘zgarishiga doir, Shuningdek joriy va kapital ta’mirlanishiga oid ma’lumotlar yozib boriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling