Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
- Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy podani shakllantirish va ular kirimining hisobi
- Asosiy podani shakllantirishga kapital investitsiyalar
10.1-jadval
Qishloq xo‘jaligi texnikalari va ko‘p yillik o‘simliklarni uzoq muddatli ijaraga sotib olish sharti bilan berilishiga doir operatsiyalarni schotlarda aks ettirish
Asosiy vositalar tarkibidan katta yoshli mahsuldor va ishchi hayvonlarning, bog‘ lar hamda tokzorlarning mahsuldorlikni kamayishi, kasallanishi, lat yeyishi, o‘lishi natijasida balansdan chiqarili shiga tegishli veterinariya va agronomiya xulosalari olinadi. Agar ushbu asosiy vositalar sug‘urtalangan bo‘lsa, ularni balansdan chiqarish natijasida ko‘rilgan zararlar sug‘urta tushumi hisobidan qoplanadi. Sug‘urta tashkilotining qoplash bo‘yicha o‘z bo‘yniga olgan qarziga quyidagi yozuv qilinadi: Debet 4890 «Boshqa debitorlik qarz»; Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi». Sug‘urta to‘lovining kelib tushishiga: Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»; Kredit 4890 «Boshqa debitorlik qarz». Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy podani shakllantirish va ular kirimining hisobi Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan olib boriladigan kapital investitsiyalarning muhim turlaridan biri, asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflar hisoblanadi. Asosiy podani shakllantirishga kapital investitsiyalar deganda mollarni yosh hayvonlar guruhidan katta hayvonlar guruhiga o‘tkazishgacha ularni o‘stirish va parvarishlashga qilingan xarajatlar, shuningdek katta hayvonlarni chetdan xarid qilish, tashib keltirish va bu bilan bog‘liq barcha boshqa xarajatlarning majmuasi tushuniladi. Asosiy podani shakllantirishga yo‘naltirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 0840 «Asosiy podani shakllantirish» schotida yuritiladi. Ushbu schotda, chunonchi, quyidagi xarajatlar hisobga olinadi: asosiy podaga o‘tkaziladigan xo‘jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni o‘stirish bo‘yicha xarajatlar; asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi va ishchi hayvonlarning sotib olish qiymati; hayvonlarni yetkazib kelish bilan bog‘liq sarflar; boshqa shaxslardan bepul olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikka olib kelish bilan bog‘liq sarflar. Yosh hayvonlar asosiy podaga o‘tkazilgunga qadar 1110 «0‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlar» schotida hisobga olinadi. Hisobot davrida ularni asosiy podaga o‘tkazish haqiqiy vazniga ko‘ra reja tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi 0‘stirishdagi va boquvdagi mollarni asosiy podaga o‘tkazish maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tuzilgan dalolatnoma asosida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling