Asosiy vositalar hisoblanmaydigan hayvonlar- boquvdagi va o‘stirishdagi yosh mollar.
Ishchi va mahsuldor hayvonlarning hisob qiymati -o‘z xo‘jaligida boqilgan, shuningdek chetdan xarid qilingan mahsuldor va ishchi hayvonlarni asosiy vositalarga kirim qilishda haqiqatda sarflangan mablag‘lar miqdorida aniqlangan boshlang‘ich qiymati.
Ko‘p yillik o‘simlikIarning hisob qiymati -ko‘p yillik ekinlarning yoshidan qat’i nazar, nihollarni sotib olish qiymati hamda ularni ekish, parvarish qilish va o‘stirishga sarflangan xarajatlarini o‘z ichiga olgan qiymati.
Hayvonlarni guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomasi - mollarni bir guruhidan ikkinchi guruhga o‘tkazishda tuziladigan asosiy boshlang‘ich hujjat
Asosiy podani shakllantirishga kapital investitsiyalar - mollarni yosh hayvonlar guruhidan katta hayvonlar guruhiga o‘tkazishgacha ularni o‘stirish va parvarishlashga qilingan xarajatlar, shuningdek katta hayvonlarni chetdan xarid qilish, tashib keltirish va bu bilan bog‘liq barcha boshqa xarajatlarning majmuasi.
Nazorat uchun test savol - javoblari
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyi bo‘g‘ini - bu
qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi;
qishloq xo‘jaligi boshqarmalari;
v) qishloq xo‘jaligi korxonalari;
g) tuman fermerlar uyushmasi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining sohalari
chorvachilik;
dehqonchilik;
v) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
g) yuqorida keltirilganlarning barchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |