Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


kelib tushgan materal boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan past bo ‘lganda


Download 1.4 Mb.
bet101/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

kelib tushgan materal boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan past bo ‘lganda:

Debet 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»;
Kredit 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar».

  1. kelib tushgan material boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan yuqori bo‘lganda:

Debet 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»;
Kredit 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish».
1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotida to‘plangan materiallarning hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati o‘rtasidagi farq summasi xarajatlarni aks ettiruvchi schotlarning (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9430) debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib tarzda qo‘shimcha yozuv yoki qizil yozuv (storno) asosida hisobdan chiqariladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarining qishloq xo‘jalik ishlariga sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi, bepul berilishi, boshqa korxonalarga ta’sis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi, shunindek turli boshqa chiqimlari guvohlik beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining tahliliy hisobi ularning alohida turlari, chunonchi urug'lik va ekish materiallari, o‘g‘itlar, turli ximikatlar, dori-darmonlar va boshqalar bo‘yicha alohida ochilgan tahliliy hisob registrlarida yuritiladi.




0‘stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida о‘stirishdagi va boquvdagi mollar aylanma aktivlarning muhim turini tashkil etadi. Ularni boqish jarayonida jonli mehnat sarfi, yem-xashak va boshqa xarajatlar qilinadi. Ma’lum yoshga yetganidan so‘ng, o‘stirishdagi mollar asosiy podaga o‘tkaziladi va, aksincha, asosiy podadan brak qilingan mollar boquvga qo‘yilib, aylanma aktivlarga o‘tkaziladi.
0‘stirishdagi va boquvdagi mollar quyidagicha baholanadi:

  • sut yo‘nalishidagi qoramolchilikdan olingan buzoqlar reja tannarxida baholanadi;

  • go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikdan olingan buzoqlar tirik vaznini tirik vaznning reja tannarxiga ko‘paytirilib baholanadi;

  • cho‘chqachilikdan olingan cho‘chqa bolalari tirik vaznini tirik vaznning reja tannarxiga ko‘paytirilib baholanadi;

  • ishchi hayvonlardan olingan nasl ishchi hayvonning 60 ozuqa-kuni reja tannarxiga tenglashtirilib olib baholanadi;

  • tuyalardan olingan nasl 120 ozuqa-kuni reja tannarxida baholanadi;

  • parranda bolalari inkubatsiyaning sutkalik parranda reja tannarxida baholanadi.

  • yangi asalari uyalari reja tannarxida baholanadi;

  • chetdan sotib olingan o‘stirishdagi va boquvdagi mollar sotib olish bahosiga, barcha sotib olish va tashib keltirishga ketgan xarajatlar qo‘shib baholanadi;

  • asosiy podadan brak qilinib, boquvga qo‘yilgan mollar balans bahosida baholanadi;

  • asosiy podaga o‘tkazilgan yosh mollar haqiqiy tannarxida baholanadi.

Har oyda o‘stirishdagi va boquvdagi mollar vazni o‘lchanib, ularning
oshgan vazni evaziga yangi qiymati topiladi. Yil oxirida o‘ sgan vaznning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng, reja va haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq topiladi, ushbu farq summasi tuzatish yozuvlari qilinib o‘stirishdagi va boquvdagi mollarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi.

0‘stirishdagi va boquvdagi mollar hisobining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  1. o‘stirishdagi va boquvdagi mollarning bosh soni oshishi va saqlanishi ustidan nazorat qilish;

  2. poda tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida hisobga olib borish;

  3. o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni parvarishlash va boqish natijalarini to‘g‘ri aniqlash;

  4. o‘stirishdagi va boquvdagi mollar harakatini to‘g‘ri hujjatli rasmiylashtirish va ular hisobini o‘z vaqtida belgilangan tartibda yuritish.

0‘stirishdagi va boquvdagi mollar harakati quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

  1. Tug ‘ilgan hayvon naslini kirim qilish dalolatnomasi (95- shakl). Bu hujjat buzoq, cho‘chqa, qo‘y va ishchi hayvonlarning bolalarini kirim qilishda ferma mudiri yoki zootexnik tomonidan ikki nusxada tuziladi. Hujjatda nasl bergan hayvon kimga birkitilganligi, uning laqabi, raqami, tug‘ilgan nasl soni, jinsi, berilgan tartib raqami, ajralib turadigan belgilari ko‘rsatiladi.

  2. Hayvonlarni guruhdan-guruhga о ‘tkazish dalolatnomasi (97- shakl). Bu hujjat korxona rahbari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tuziladi. Unda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tkazilgan hayvon turi, vazni, qaysi guruhdan qaysi guruhga o‘tkazilganligi, kimga birkitilganligi ko‘rsatiladi.

  3. Mollar vaznini tortish qaydnomasi (98-shakl'). Ushbu hujjat har oy oxirida tuziladi va unda har bir hayvonning oy boshi va oy oxiridagi vazni asosida o‘sgan vazni aniqlanadi.

  4. Mollar va parrandalarni jo‘natish-qabul qilish tovar-transport nakladnoyi (1-k/x(chor)). Bu hujjatga asosan xaridor va buyurtmachilarga sotilgan hayvonlar hisobga olinib, jo‘natilgan mollar bosh soni, tirik vazni va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.

  5. Mollar va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (100-shakl). Ushbu hujjat mollar so‘yilganda, kasalligi tufayli nobud bo‘lganda tuziladi, unda mollarning hisobdan chiqish sabablari ko‘rsatiladi.

  6. Schot-faktura. Bu hujjat o‘stirishdagi va boquvdagi mollarning chetdan sotib olinishi va chetga sotilishida tuziladi. Nasldor bo‘lgan yosh mollar bo‘yicha schot fakturalarga ularning “nasldorlik guvohnomasi” ilova qilinadi.

  7. Sutkalik yosh parrandalarning chiqishi va saralash dalolatnomasi (106-shakl). Ixtisoslashgan xo‘jaliklarda inkubatsiyadan chiqqan jo‘ja va boshqa parrandalarni hisobga olishda tuziladi.

Chorvalik fermalarida o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni hisobga olish daftari (34-shakl) yuritiladi. Ushbu daftarda yuqorida nomlari keltirilgan hujjatlar asosida hayvon va parrandalar tarkibidagi o‘zgarishlar hisobi yuritiladi. Har oyning oxirida daftardagi ma’lumotlar jamlanadi, ular asosida “Mollar va parrandalar harakati to‘g‘risida hisobot” (102-shakl) tuziladi. Ushbu hisobot ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi fermerda, ikkinchi nusxasi boshlang‘ich hujjatlar ilova qilingan holda buxgalteriyaga topshiriladi.
0‘stirishdagi va boquvdagi mollarning, chunonchi qoramol, cho‘chqa, ishchi hayvonlar, qo‘y va echkilarning bolalari, boquvga qo‘yilgan hayvonlar, asosiy podadan brak qilinib bo‘rdoqiga qo‘yilgan hayvonlar, parrandalar, yovvoyi hayvonlar, quyonlar, asalari oilalari va boshqa hayvonlarning hisobi 1110 «0‘stirishdagi va boquvdagi mollar» schotida olib boriladi. Ushbu hayvonlarni saqlash xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schotlar tizimining “Chorvachilik” schotida hisobga olib boriladi.
1110 “0‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlar” schotida ularning harakati quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling