Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


BHMS №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». 0‘zR. AV tomonidan 1998- yil 14- avgustda ro'yxatga olingan, № 474


Download 1.4 Mb.
bet99/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

BHMS №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». 0‘zR. AV tomonidan 1998- yil 14- avgustda ro'yxatga olingan, № 474.

  • BHMS №5 «Asosiy vositalar». 0‘zR AV tomonidan 2004- yil 20 - yanvarda ro‘yxatga olingan, № 1299.

  • Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob. - Т.: «Moliya», 2002.

  • Voxidov S. V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - Т.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti», 2004.

  • Sanaev N. S. Qishloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi, nazorat va moliyalashtirishning dolzarb masalalari. —Т.: Mehnat, 1991. - 104 b.

  • Ochilov I.K., Qurbonboev J.E., Moliyaviy hisob. -Т.: Iqtisod-Moliya, 2007.

  • Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi va audit. Oliy o‘quv yurtlari uchun.

    • Т.: 0‘qituvchi, 2004.



    16-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI HISOBINING XUSUSIYATLARI
    16.1.Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining tasnifi, tavsifi va baholanishi
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari deganda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning moddiy negizini tashkil etuvchi xomashyo va materiallar tushuniladi. Xarakterlisi shundaki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining bir sohasidan olingan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar ularning boshqa sohasi uchun xomashyo va material bo‘lib ham hisoblanadi. Chunonchi, dehqonchilik sohasida yetishtirilgan boshoqli donlar, beda, makkapoya, turli xas va xashaklar chorvachilik uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib hisoblanadi. 0‘z navbatida, chorvachilikdan olingan qo‘shimcha mahsulotlar, masalan, nuri dehqonchilikda mineral o‘g‘itlar sifatida ishlatiladi.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalari buxgalteriyasiga ishlab chiqarish zaxiralari hisobi bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajarish yuklatiladi:

    • ishlab chiqarish zaxiralarini turli belgilari bo‘yicha to‘g‘ri tasniflash va tavsiflash;

    • ularning kirim va chiqim qiymatlarini to‘g‘ri shakllantirish;

    • ishlab chiqarish zaxiralarining holati va harakati ustidan uzluksiz nazoratni olib borish;

    • ishlab chiqarish zaxiralari harakatiga doir operatsiyalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;

    • ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar tomonidan material hisobotlarini belgilangan muddatlarda tuzish va taqdim etilishini ta’minlash;

    • ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha inventarizatsiyalarni belgilangan muddatlarda o‘tkazish hamda ular natijalarida o‘z vaqtida tegishli schotlarda aks ettirish;

    • ishlab chiqarish zaxiralari sintetik va tahliliy hisobini yuritish;

    • ishlab chiqarish zaxiralari holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida yetkazish.

    Qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarish zaxiralarini turli belgilari bo'yicha tasniflash va tavsiflash mumkin.

    Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   305




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling