16-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI HISOBINING XUSUSIYATLARI
16.1.Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining tasnifi, tavsifi va baholanishi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari deganda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning moddiy negizini tashkil etuvchi xomashyo va materiallar tushuniladi.
Xarakterlisi shundaki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining bir sohasidan olingan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar ularning boshqa sohasi uchun xomashyo va material bo‘lib ham hisoblanadi. Chunonchi, dehqonchilik sohasida
yetishtirilgan boshoqli donlar, beda, makkapoya, turli xas va xashaklar chorvachilik uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib hisoblanadi. 0‘z
navbatida, chorvachilikdan olingan qo‘shimcha mahsulotlar, masalan, nuri dehqonchilikda mineral o‘g‘itlar sifatida ishlatiladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari buxgalteriyasiga ishlab chiqarish zaxiralari hisobi bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajarish yuklatiladi:
ishlab chiqarish zaxiralarini turli belgilari bo‘yicha to‘g‘ri tasniflash va tavsiflash;
ularning kirim va chiqim qiymatlarini to‘g‘ri shakllantirish;
ishlab chiqarish zaxiralarining holati va harakati ustidan uzluksiz nazoratni olib borish;
ishlab chiqarish zaxiralari harakatiga doir operatsiyalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar tomonidan material hisobotlarini belgilangan muddatlarda tuzish va taqdim etilishini ta’minlash;
ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha inventarizatsiyalarni belgilangan muddatlarda o‘tkazish hamda ular natijalarida o‘z vaqtida tegishli schotlarda aks ettirish;
ishlab chiqarish zaxiralari sintetik va tahliliy hisobini yuritish;
ishlab chiqarish zaxiralari holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida yetkazish.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarish zaxiralarini turli belgilari bo'yicha tasniflash va tavsiflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: