Adabiyotlar ro‘yxati
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». 0‘zR VMning 1999 -yil 5- fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.
BHMS № 4 «Tovar-moddiy zaxiralar». 0‘zR AV tomonidan 2006 - yil 17- iyulda ro‘yxatga olingan, № 1595.
Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - Т.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004.
Sanaev N.S. Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi, nazorat va moliyalashtirishning dolzarb masalalari.-T.: Mehnat, 1991.- 104 b.
7.0chilov I.K., Qurbonboev J.E., Moliyaviy hisob.- Т.: Iqtisod- Moliya, 2007.
Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi va audit. Oliy o‘quv yurtlari uchun.
12-bob. DEHQONCHILIK ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarining tasnifi, tarkibi va tavsifi
Dehqonchilik - moddiy ishlab chiqarish bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi:
yerni ekishga tayyorlash - shudgorlash, zaxni qochirish, juyaklash va boshqalar;
е/g/l/7-niholni o‘stirish, urug‘ni ekishga tayyorlash, uni qadash, baranalash;
parvarishlash - sug‘orish, kultivatsiya, dorilash, chopish, yaganalash va boshqalar;
hosilni yig‘ib olish - hosilni terish, tashish, omborlarga topshirish va saqlash.
Mos ravishda, dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
yerni ekishga tayyorlash xarajatlari;
ekish xarajatlari;
ekinni parvarishlash xarajatlari;
hosilni yig‘ib olish, omborga yetkazish va uni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar.
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Moddiyligiga ko‘ra ular moddiy va nomoddiy bo‘lgan xarajatlarga bo‘linadi. Moddiy xarajatlar dehqonchilikka sarflangan urug‘liklar, o‘g‘it, dori-darmonlar, yem-xashaklar va boshqa materiallar hisoblanadi. Moddiy bo‘lmagan xarajatlarga ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya, sug‘urta, ish va xizmatlarga doir xarajatlar kiritiladi.
Tannarxga kiritish usuliga ko‘ra dehqonchilik xarajatlari bevosita va biivosita xarajatlarga bo‘linadi. Bevosita xarajatlar bo‘lib dehqonchilikka sarflangan bevosita material xarajatlari, bevosita mehnat haqi xarajatlari va boshqa xarajatlar hisoblanadi. Biivosita xarajatlarga amortizatsiya, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi.
Iqtisodiy mazmuniga ко‘ra dehqonchilik xarajatlari quyidagi besh guruhga ajratiladi:
moddiy xarajatlar - dehqonchilik ishlab chiqarishga sarflangan barcha material xarajatlari (urug‘lik, o‘g‘it, dori-darmonlar, yem-xashaklar, yoqilg‘i va boshqa materiallar);
mehnat xarajatlari - dehqonchilik ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan asosiy va qo‘shimcha ish haqlari;
*ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar - dehqonchilik ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan ish haqi fondidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma;
*amortizatsiya - dehqonchilik ishlab chiqarishga aloqador asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblangan eskirish summasi;
*boshqa xarajatlar - dehqonchilik ishlab chiqarishga tegishli barcha yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risida hisobotda (18-shakl) quyidagi moddalarga ajratilgan holda aks ettiriladi:
Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
Urug‘lik;
3.0‘g‘itlar;
4.0‘simliklarni himoya qilish vositalari;
Ish va xizmatlar;
Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari;
Ishlab chiqarish va boshqalarni tashkil etish xarajatlari;
Sug‘urta to‘lovlari;
Boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |