Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qishloq xojalik ishlab chiqarishida tutgan o‘rniga ko‘ra


Download 1.4 Mb.
bet100/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Qishloq xojalik ishlab chiqarishida tutgan o‘rniga ko‘ra qishloq xo'jaligi korxonalarining ishlab chiqarish zaxiralari asosiy va yordamchi ishlab chiqarish zaxiralariga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy ishlab chiqarish zaxiralariga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarni yetishtirishda ishlatiladigan urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar, em-xashak, dori-darmonlar va shu kabi boshqa materiallar kiradi. Ushbu ishlab chiqarish zaxiralarisiz dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirib bo‘lmaydi.
Yordamchi ishlab chiqarish zaxiralariga dehqonchilik va chorvachilikda ishlatiladigan turli xo‘jalik materiallari, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i, moylash materiallari, idish va idishbop materiallar, plyonkalar, o‘rov materiallari va shu kabilar kiradi.
Saqlash usuliga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish zaxiralari ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan materiallarga bo‘linadi. Urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar, dorilangan don, dori- darmonlar maxsus joylarida va moslamalarda saqlanadi. Yantoq, karrak, somon, beda va shu kabi yem-xashaklar ochiq joylarda, usti yopiq ayvonlarda, shuningdek omborlarda saqlanadi.
Kelib tushish manbalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish zaxiralari ularning o‘zlari tomonidan yetishtirilgan hamda chetdan sotib olingan guruhlarga ajratiladi. Yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan o‘z maqsadlarida ishlab chiqilgan ko‘k massa, makkapoya, somon, arpa, bug‘doy, urug‘liklar o‘z ishlab chiqarishidan olingan materiallar hisoblanadi. Ta’minotchilardan, ta’sischilardan va boshqa tashqi manbalar kelib tushgan ishlab chiqarish zaxiralari o‘zi ishlab chiqmagan materiallar hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan mamlakatiga ko’(ra dehqonchilik va chorvachilik sohalarida qo‘ llaniladigan ishlab chiqarish zaxiralari mahalliy va xorijdan keltirilgan ishlab chiqarish zaxiralariga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlatiladigan har bir ishlab chiqarish zaxirasini nomi, navi, hosildorligi va boshqa jihatlari bo‘yicha tasniflash hamda hisobga olish zarurati ham mavjud. Bu, chunonchi, urug‘lik va o‘g‘itlarga bevosita tegishli. Olinadigan mahsulotning hosildorligi ushbu ishlab chiqarish zaxiralarining aniq navlariga, sepilgan mineral o‘g‘itlarning turiga bevosita bog‘liqdir. Masalan, g‘allachilikda ishlatiladigan uruglikning «Elita» navi boshqa navlarga nisbatan hosildorlikni ko‘proq beradi.

Kartoshkaning ayrim mahalliy navlari 60-70 sentnergacha hosil bersa, uning Gollandiya navi respublikamizning iqlim sharoitida gektariga 400 sentnergacha hosil berishi mumkin. Xuddi shunday chigitning turli navlari paxtani tez yoki kech pishishiga, shuningdek har chanoqdan turlicha miqdorda hosil olinishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralariga turli maqsadlarda ishlatiladigan xo‘jalik inventarlari va anjomlari ham kiradi. Bunday ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib, chunonchi, dehqonchilik va chorvachilikda ko‘p ishlatiladigan ketmon, kurak, panshaxa, tirnagichlar, xalatlar, qo‘lqoplar, fartuklar, samovar, qozon, o‘choq, kosa va tovoqlar, bidonlar, flyagalar, xaltalar, ip, arqon, to‘l, brezent va shu kabi ko‘plab boshqa turdagi xo‘jalik inventarlari va anjomlari hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining muhim turlaridan biri - bu o‘stirishdagi va boquvdagi mollardir. Chorvachilik ishlab chiqarishida ushbu ishlab chiqarish zaxiralari, bir tomondan ishlab chiqarish natijasi, ikkinchi tomondan esa, bevosita uning maxsus yo‘nalishi hisoblanadi. Shu bois ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘stirishdagi va boquvdagi mollar hisobining xususiyatlariga darslikning keyingi qismlarida alohida to‘xtalarniz. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri ishlab chiqarish zaxiralari qiymatini to‘g‘ri baholash hisoblanadi. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq ishlab chiqarish zaxiralarining hisob bahosi, ularning tannarxi hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularning kelib tushish manbaiga ko‘ra turli elementlardan tashkil topadi. Chunonchi, sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi o‘z ichiga ularning sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, bojxona to‘lovlari, sertifikatlash, brokerlarning xizmat haqlari va boshqalar)ni oladi. Sotib olishda ta’minotchilarga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi ham qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari qiymatiga qo‘shiladi. Chunki, ular yyetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanmaydilar. 0‘z ishlab chiqarishidan olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularni ishlab chiqarish bilan bog‘ liq barcha moddiy, mehnat va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bunda ishlab chiqarish zaxiralari bir birligining o‘rtacha tannarxi kalkulyatsiya qilish yo‘li bilan topiladi.
Ta’sischilardan, shuningdek bepul olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularning shartnomalarda ko‘rsatilgan baholardagi qiymatidan tashkil topadi.
Turli manbalardan kelib tushgan ishlab chiqarish zaxiralari qishloq xo‘jaligi korxonalarida, boshqa tarmoq korxonalaridagidek, FIFO yoki AVECO usullardan biri asosida hisoblangan qiymati (tannarxi) bo‘yicha hisobdan chiqarib boriladi.
16.2.Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini ta’minotchilardan sotib olinishi, ta’sischilardan ta’sis badali sifatida kirim qilinishi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul olinishi xalq xo‘jaligining boshqa tarmoq korxonalaridagidek schot-fakturalar, shuningdek ularga ilova qilinadigan turli hujjatlar (TTN, vagon spetsifikatsiyasi, sifat sertifikati, oichov-tahlil qaydnomalari, dalolatnomalar va boshqalar) bilan rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini aholidan naqd pulga sotib olinishi hisobdor shaxslarning bo‘nak hisobotlariga kiritilgan turli kvitansiyalar, dalolatnomalar, cheklar, bozorlar ma’muriyatlari tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. .
Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:

  • schot-faktura - ishlab chiqarish zaxiralarining turli boshqa korxonalarga va xodimlarga sotilishida;

  • limit - zabor kartasi, talabnoma, nakladnoy - ishlab chiqarish zaxiralarining sarflanishida;

  • mineral, organik va bakteriologik o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar va gerbitsidlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi - mineral va boshqa o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar va gerbitsidlarning sarflanishida.

  • tovar-transport nakladnoyi - o‘simlikchilik mahsulotlari tayyorlov tashkilotiga jo’natish (sotish)da;

  • nakladnoy - ishlab chiqarish zaxiralarining ichki xo‘jalik ehtiyoji uchun foydalanishda;

  • yem-xashak sarflash qaydnomasi - chorva mollarini ozuqlantirish uchun yem-xashak sarflash vaqtida;

  • urug‘lik va ekish materiallarini sarflash dalolatnomasi -urug‘lik va ko‘chat materiallarini sarflashda.

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining saqlanishini ta’minlash uchun ombor xo‘jaligi tashkil etiladi. Omborlar umumiy va maxsus omborlarga bo‘linadi. Umumiy omborlarda korxona ehtiyoji uchun zarur inventarlar, qop-qanorlar, idishlar va boshqa material boyliklar saqlanadi. Maxsus omborlar ma’lum turdagi zaxiralarni saqlash uchun tashkil etiladi, masalan, yoqilg‘i ombori, o‘g‘itlar ombori va h.k.
Ombor xo‘jaligi tashkil etilishi, tegishli uskunalar bilan jihozlanishi uchun korxona rahbari mas’ul hisoblanadi. Omborda saqlanadigan zaxiralar uchun ombor mudiri moddiv-javobgar shaxs hisoblanadi. Ombor mudiri ombor xo‘jaligi hisobini yuritadi. Bunday hisob registrlari “Ombor hisobi daftari” yoki “Ombor hisobi kartochkasi” hisoblanadi. Ushbu hisobotlar ishlab chiqarish zaxiralari kirimi va chiqimini aks ettiruvchi hujjatlar asosida yuritiladi.
16.3.Ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobi 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» tizimiga kiruvchi schotlarda yuritiladi. Chunonchi:
-1010 “Xomashyo va materiallar” schotida o‘z ishlab chiqarishida qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobga olib boriladi;
-1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar” schotida sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar hisobga olib boriladi;
-1030 “Yog‘ilgi” schotida qishloq xo‘jaligi korxonasi transporti va texnikasi uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi (qattiq va suyuq) yoqilg‘ilar hisobga olib boriladi;
-1040 “Ehtiyot qismlar” schotida qishloq xo‘jalik texnikasi uchun sotib olingan barcha turdagi ehtiyot qismlar hisobga olinadi;
-1050 “Qurilish materiallari” schotida qishloq xo‘jaligi korxonasida turli maqsadlarda ishlatish uchun sotib olingan qurilish materiallari hisobga olinadi;
-1060 “Idish va idishbop materiallar” schotida barcha turdagi idishlar va idish materiallari (qoplar, bochkalar va boshqalar) hisobga olinadi;
-1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schotida qayta ishlash uchun boshqa tashkilotlarga berilgan materiallar hisobga olib boriladi;
-1080 “Inventar va xo‘jalik jihozlari” schotida qishloq xo‘jaligi korxonasidagi inventar va xo‘jalik jihozlari hisobga olib boriladi;
-1090 “Boshqa materiallar” schotida yem-xashaklar, urug‘lik, o‘g‘itlar, asosiy vositalarni tugatishdan olingan metallolom, eskirgan shinalar, qayta ishlangan moylar va boshqa materiallar hisobga olib boriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari kirimi va chiqimi yuqorida nomlari zikr etilgan schotlarda hisob bahosida aks ettiriladi. Hisob bahosi bo‘lib ularning sotib olish qiymati (haqiqiy tannarxi), reja tannarxi, o‘rtacha baho va boshqalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarini tanlab olingan hisob bahosining aniq turi qishloq xo‘jaligi korxonasi hisob siyosatida belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari kirimining hisobi boshqa tashkilotlardagi singari bevosita va bilvosita usullardan biri bo‘yicha olib boriladi. Chunonchi, bevosita usulda ularning barcha manbalardan kirim qilinishi materiallar hisobi schotlarining (1010-1090 schotlar) debetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiriladi. Bunda materiallarning kelib tushish manbalarini aks ettiruvchi schotlar (6010, 4290, 5010, 4610 va boshqalar) kreditlanadi.
Biivosita usulda qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining ta‘minotchilardan, o‘zining ishlab chiqarishidan kirim qilinishi dastlab 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida aks ettiriladi. Bunda materiallarning kelib tushish manbalarini ifodalovchi schotlar (6010, 6990, 2310 va boshqalar) kreditlanadi. Material boyliklarning omborlarga kirim qilinishi 1510 schotning kreditida va 1010, ­1090 schotlarning debetida aks ettiriladi. Bu usulda materiallarning hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati o‘rtasidagi farq summasi hisobot davrida alohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotida hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida materiallar qiymatidagi farq summalari quyidagicha hisobdan chiqariladi:


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling