Chorvachilik jarayoni mollarning tug‘ilganligidan (sotib olinganligidan) boshlab, to ularni xo‘jalik balansida turgan davri ichida parvarishlash, mahsulot (nasl) olish, mahsulotni topshirishgacha bo‘lgan turli xo‘jalik jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining hisob siyosati - bu qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbari tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining tashkiliy shakli, xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan ichki me‘yoriy hujjat.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga moljallangan asosiy vositalar- omborlar, shiyponlar, mashina va asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, xo‘jalik inventarlari.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga mo‘ljallanmagan asosiy vositalar- ma’muriyat binosi, ofis mebeli va jihozlari, kompyutyerlar, boshqaruvga xizmat qiladigan yengil avtomobillar, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari va boshqalar.
Qishloq xo‘jaIik texnikasi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni terib olish va topshirish kabi xo‘jalik ishlarini bajarishda qatnashadigan barcha turdagi texnik vositalar.
Ishchi va nasldor hayvonlar- otlar, tuyalar, xo‘kizlar, sigirlar, buqalar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar.
Ko‘p yillik o‘simliklar - daraxtlar, toklar, plantatsiyalar va boshqa ko‘p yillik o‘simliklar.
Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan mablag‘lar-yer uchastkalari kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish, ko‘kalamzorlashtirish, reshyotkalar o’rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va boshqa ishlarga sarflangan kapital qo‘yilmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |