Debet 2011 «Dehqonchilik»;
2012 «Chorvachilik»;
9410 «Sotish xarajatlari;
Kredit 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari».
Tayanch iboralar
Qishloq xo‘jaligi - mamlakatimizning kun-sayin rivojlanib borayotgan yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari korxonalarini arzon va sifatli mahalliy xomashyo va materiallar bilan ta’minlashlashga, shuningdek aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘j aligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan iqtisodiyot tarmog‘i.
Fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yektdir.
Dehqon-fermer xo‘jaligi - oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xo'jaligi.
Dehqonchilik - - bu bevosita inson va jonli hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan, ishlab chiqarishga moddiy asos bo‘lib hisoblanadigan o‘simliklar, ekinlar, xomashyo va materiallarni yetishtirish (ishlab chiqish) bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi.
Dehqonchilik jarayoni o‘z ichiga yerni shudgorlash va ekishga tayyorlash, urug‘ni ekishga tayyorlash, urug‘lik qadash, ekinni parvarishlash (sug‘orish, yaganalash, chilpish, defoliatsiya qilish), hosilni terib olish va topshirish kabi xo‘jalik ishlarini oladi.
Chorvachilik deganda mahsulot va nasl beradigan barcha jonli hayvonlarni yetishtirish bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |