Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) nomli 450-satrda


Download 1.4 Mb.
bet72/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) nomli 450-satrda qurilish tashkilotining yil oxiridagi jami taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari) ko‘rsatiladi. Ushbu summa o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) va hisobot yilning sof foydasi (qoplanmagan zarari) summalaridan tashkil topadi. Qoplanmagan zararlar balansning ushbu satrida minus ishorasi bilan ko’rsatiladi.
Maqsadli tushumlar nomli 460-satrda qurilish tashkilotining turli maqsadlarda olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo’yicha maqsadli imtiyozlar summalari aks ettiriladi.
Jami uzoq muddatli majburiyatlar nomli 490-satrda qurilish tashkilotlarining bir yildan ko‘p muddatga olgan kreditlari va qarzlari bo’yicha majburiyatlarining jami summasi ko‘rsatiladi. Jami uzoq muddatli majburiyatlar ularning alohida turlari bo'yicha balansning mos satrlarida (500-590) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni to‘ldirishga asos bo’lib uzoq muddatli kreditorlik qarzlarning alohida turlarni aks ettiruvchi schotlarning oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.
Jami joriy majburiyatlar nomli 600-satrda qurilish tashkilotlarining bir yildan kam bo’lgan muddatga olgan kreditlari, qarzlari va boshqa majburiyatlarining jami summasi ko’rsatiladi. Jami joriy majburiyatlar ularning alohida turlari bo’yicha balansning mos satrlarida (610-760) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni to‘ldirishga asos bo‘lib joriy kreditorlik qarzlarning alohida turlarni aks ettiruvchi schotlarning oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlari balans valutasiningjami summasi aktivda va passivda alohida satrlarda (mos ravishda 390-satr va 780-satr) ko‘rsatiladi.
Qurilish tashkilotlarining o‘zlariga tegishli bo‘lmagan aktivlarvapassivlar balansda «Balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan qiymatliklarning mavjudligi to’g’risida ma’lumot»da 790-920-satrlarda ko‘rsatiladi. Bunday aktiv va passivlarga, chunonchi quyidagilar kiradi:

  • qisqa muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar (790-satr);

  • qayta ishlashga qabul qilingan materiallar (810-satr);

  • o’rnatish uchun qabul qilingan uskunalar (830-satr);

  • ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklar (890-satr);

  • kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar (900-satr);

  • vaqtinchalik soliq imtiyozlari (910-satr);

  • foydalanishdagi inventarvaxo‘jalik jihozlari (920-satr).

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-sliakl)
Ushbu hisobotning asosiy maqsadi qurilish tashkilotlarining hisobot davrlaridagi daromadlari, xarajatlari, foyda vazararlari to’g’risidagi yig’ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Chunonchi, bunday ma’lumotlar hisobotda mos ravishda o’tgan yilning va hisobot yilning mos davrlari uchun ko‘rsatiladi. Bu tartib mos hisobot davrlardagi o‘zgarishlar tendensiyalarini o‘rganish uchun muhim axborotmanbai hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobotni tuzishga asos, qurilish tashkilotlarining barcha daromadlari va xarajatlari, foyda, uni ishlatilishi hisobi uchun mo’Ijallangan vaqtinchalik (tranzit) schotlarning ma’lumotlari hisoblanadi. Hisobotning alohida satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling