Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet71/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

8.1-jadval
Kapital qurilishdagi statistik hisobotning birxillashtirilgan
shakllari ro‘yxati

T/r

Statistika hisoboti shakllarining nomi

Shaklning
tartib
raqami

Davriy - ligi

Kiritilgan o4zgart»rish va qo'shinichalar

1.

Yakka tartibda qurilgan uy-joy binolarini ishga tushirish to‘g‘risida hisobot

I-
YATUJQ

yillik

Sobiq shakli saqlanib qoladi

2.

Ijtimoiv soha obyektlarining ishga tushirilishi va qurilish ishlarining bajarilishi tog‘risida hisobot

1-KS

yillik

Shakllar mazmuni O'z R Prezidentining 2003-yil 6-maydagi 3240-son Farmoniga va Farmonni bajarish yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarorlariga muvotlq toidiriladi

3.

Qurilish ishlarining bajarilishi to g risida hisobot

1-KS

oylik

4.

Loyiha-qidiruv ishlari qiymati tog'risida hisobot

4-KS

yillik

5.

Tugallanmagan qurilishlar ahvoli to'g'risida hisobot

8-KS

yillik

6

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo'naltirilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tog'risida hisobot

18-KS

yillik

7.

Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar. konstruksiyalar va uskunalar narxi to g risida hisobot

9-KS

oylik

Yangidan kiritilgan (moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan obvektlar bo‘yicha taqdim etiladi)

8.

Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to'g'risida ma’lumotnoma — schot-faktura




oylik

2-KS va 3-KS shakllar o‘rniga yangidan kiritilgan

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24- sentyabrda qabul qilingan «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 409-son qarori bilan qurilish tashkilotlari uchun statistika hisobotlarining birxillashtiriladigan va qisqartiriladigan shakllarining yangi ro‘yxati, ularni tuzish va taqdim etish muddatlari tasdiqlangan. Ushbu statistika hisobotlarining birxillashtirilgan ayrim shakllariningro‘yxati 8.1 -jadvalda keltirilgan.
Qurilish tashkilotlarida yuqorida keltirilgan jadvaldagi statistika hisobotlarini tuzish buxgalteriyaga yuklati ladi. Ularni tuzishga asos bo‘ lib bajarilgan ishlar, ularga ketgan sarf-xarajatlar, sotib olingan materiallar, konstniksiyalar, uskunalarga guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar, Shuningdek hisob registrlari ma’lumotlari hisoblanadi.

  1. Qurilish tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish xususiyatlari

Qurilish tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azishda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27- dekabrda 140-son buyruq bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish bo‘yicha tartib»ga asoslaniladi. Quyida ushbu tartibga asoslanilgan holda moliyaviy hisobot shakllarining alohida moddalarini to‘lg‘azish xususiyatlariga to‘xtalarniz.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)
Asosiy vositalar nomli 012-satrda qurilish tashkilotlari balansida bo‘lgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • asosiy vositalarning mos ravishda boshlang‘ich qiymatini hamda jamlangan eskirishini aks ettiruvchi schotlar (0110-0199 va 0210- 0290)ning davr oxiridagi qoldiqlari summalarining farqi;

  • belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning, chunonchi lizing bo‘yicha sotib olinadigan qurilish mashinalari va uskunalarining qoldiq qiymati (mos ravishda 0310 va 0299 schotlar qoldiqlari o‘rtasidagi farq summasi);

  • titulli vaqtinchalik bino va inshootlarning qoldiq qiymati. Ushbu aktivlarga kiruvchi bino va inshootlarning ro‘yxati, ularning boshlang‘ ich qiymati, jamlangan eskirish summasi va qoldiq qiymati qurilish tashkiloti hisob siyosatidaaniq ifodalangan bo‘lishi lozim, jumladan, ularning qoldiq qiymati mos ravishda 0120 va 0220 schotlar tarkibida ochiladigan tahliliv schotlar qoldiqlari farqi summasidan iborat boMishi kerak.

Kapital qo’yilmalar nomli 100-satrda qurilish tashkilotlarining o‘z maqsadlarida xo‘jalik yoki pudrat usullarida olib borgan tugallanmagan kapital investitsiyalarining qiymati ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish zaxiralari nomli 150-satrdaomborlarda (qurilish maydonchalarida) saqlanayotgan qurilish materiallari, konstmksiyalar, detallar, o‘matiladigan jiliozlarning hisob siyosatida belgilangan hisob baholaridagi qiymati aks ettiriladi. Ushbu satr summasi 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochilgan barcha schotlar qoldiqlarining yig‘indisiga, shuningdek barcha moddiyjavobgar shaxslarning hisobot davri oxiriga tuzgan materia] hisoboti (M-l 9-shakl) qoldiqlari yig‘ indisiga teng bo‘ lishi lozim. Agar materiallarni sotib olish va tayyorlash alohida olingan 1510 schotda, ular qiymatidagi farqlar maxsus 1610 schotdayuritilganboisa. ushbu schotlarning qoldiqlari mos ravishda balansning bu satri summasida hisobga olinishi kerak.
Tayyor mahsulotlar nomli 170-satrda sotish uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar (eshik, deraza, g‘isht, detal, moslamalar va boshqa shu kabi mahsulotlar)ning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi.
Kelgusi davr xarajatlari nomli 190-satrda qurilish tashkilotlarining hisobot davrida bajarilgan ishlar tannarxi va davr xarajatlariga tegishli bo‘lmagan xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu satrda qurilish tashkilotlari o‘zlarining quyidagi xarajatlarini aks ettiradi:

  • kelgusi davrda bajariladigan ishlar uchun olingan ruxsatnoma (litsenziya) to‘lovlari;

  • kelgusidajoriy etilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni ishlab chiqarishga doir xarajatlar;

  • kelgusi yilda chop etiladigan maxsus me’yoriy-texnik adabiyotlar uchun qilingan sarflar;

  • kelgusi yil uchun o‘tkazib qo‘yilgan ijara to’lovlari;

  • mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan ishlar uchun oldindan to’lovlar, chunonchi, qurilish mashinalari va uskunalarini konservatsiya qilish xarajatlari;

  • yangi qurilish uchun kadrlarni jalb etish va tayyorlash xarajatlari;

  • oldindan hisoblangan mehnat ta’tili xarajatlari;

  • kelgusi yil uchun gazeta va jurnallar obunasi uchun to’lovlar;

  • boshqa kelgusi davr xarajatlari.

Jami debitorlik qarzlar nomli 210-satrda qurilish tashkilotiga hisobot davri oxirigaqarzdorshaxslarningjami qarzlari ko’rsatiladi. Jami debitorlik qarzlar ularning alohida turlari bo'yicha balansning mos satrlarida (220, 240, 250, 260, 270, 290, 300, 310) ko’rsatiladi. Ushbu satrlarni to’ldirishga asos bo’lib debitorlik qaizlarning alohida turlarni aks ettiruvchi schotlarning oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling