Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Qurilish tashkilotlarida hisobotlarning turlari va ularni taqdim etish muddatlari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
Qurilish tashkilotlarida hisobotlarning turlari va ularni taqdim etish muddatlari
Qurilish tashkilotlarida, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar singari, hisobjarayoniningyakuniy bosqichi moliyaviy vastatistik hisobotlarni tuzish hisoblanadi. Ushbu hisobotlarrespublikamizda milliy valutadaming so‘m birligidatuziladi. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonun (16-modda)ga muvofiq qurilish tashkilotlarining moliyaviy hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot; pul oqimlari to‘g‘risida hisobot; xususiy kapital to‘g‘risida hisobot; izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Kichik biznes sub’yektlari hisoblangan qurilish tashkilotlariga moliyaviy hisobotni ixchamlashtirilgan tarzda tuzish va taqdim etishga ruxsat etiladi. Ushbu ixchamlashtirilgan moliyaviy hisobot o‘z ichiga buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot hamda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni oladi. Qurilish tashkilotlarida barcha xo'jalik yurituvchi sub’yektlaridagidek hisobot davri bo‘lib taqvim yilning 1 - yanvaridan 31 - dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Taqvim yilining 1 -oktabridan keyin davlat ro'yxatidan o‘tgan qurilish tashkilotlari uchun birinchi hisobot yili davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan kelgusi yilning 31 -dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Ushbu davrdayuz bergan xo‘jalikjarayonlari birinchi hisobot yiliga doir, deb tan olinadi va mos ravishda shu davming moliyaviy hisobotiga kiritiladi. Qurilish tashkilotlarining moliyaviy hisoboti quyidagilarga majburiy tarzda taqdim etiladi: soliq idoralariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk egalariga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari ularning tashkiliy-huquqiy maqomigabog‘liq. Chunonchi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qurilish tashkilotlari faqat yillik moliyaviy hisobotni tuzadilar vauni keyingi yilning 25- martigacha taqdim etadilar. Aksiyadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat va xususiy korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari yillik moliyaviy hisobotni keyingi yilning 15- fevraligacha taqdim etishlari lozim. Kichik biznes sub’yektlariga kiruvchi qurilish tashkilotlari moliyaviy hisobotni faqat hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etadilar. Ushbu maqomga ega bo‘ lmagan boshqa turdagi tashkilotlar (xorij iy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik hisobotdan tashqari choraklik hisobotlarni hamtuzishlari va ularni choraklikdan keyingi oyning 25- sanasigacha tegishli organlarga taqdim etishlari kerak. Qurilish tashkilotlari ularning maqomi va tashkiliy shakllariga qarab moliyaviy hisobotdan tashqari turli statistika hisobotlarini ham tuzadilar. Chunonchi, kichik biznes sub’yektlari hisoblangan qurilish tashkilotlari har chorakda 1 -MB shaklda «Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti»ni tuzishlari va statistika organlariga taqdim etishlari lozim. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling