Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Ish haqiga nisbatan majburiy ushlanmalar hisobi Bajardi: Otabek Shodiyorov Ilmiy rahbar: K. o’q. N. Abdullayeva toshkent
Download 50.06 Kb.
|
Otabek Shodiyorovv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: K. o’q. N.Abdullayeva TOSHKENT – 2023 REJA: KIRISH
- II BOB. BUDJET TASHKILOTLARIDA ISH HAQIGA MAJBURIY USHLANMALAR BILAN HISOBLASHUVLARNI HISOBINI TASHKIL ETISH 2.1.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI “BYUDJET HISOBI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Ish haqiga nisbatan majburiy ushlanmalar hisobi Bajardi: Otabek Shodiyorov Ilmiy rahbar: K. o’q. N.Abdullayeva TOSHKENT – 2023 REJA: KIRISH I BOB. ISH HAQIGA MAJBURIY USHLANMALAR HISOBINING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI. 1.1. Ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari. 2.1. Budjet tahskilotlarida ish haqiga majburiy ushlanmalar bilan hisoblashuvlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari II BOB. BUDJET TASHKILOTLARIDA ISH HAQIGA MAJBURIY USHLANMALAR BILAN HISOBLASHUVLARNI HISOBINI TASHKIL ETISH 2.1. Xodimlar bilan ish haqiga majburiy ushlanmalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi. 2.2. Xodimlar bilan ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobini buxgalteriya hisobvaraqalarda aks ettirilishi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ILOVALAR Kirish Bugungi kunda ish haqi va ish haqiga majburiy ushlanmalar davlat budjeti hamda bugungi iqitisodiyotning jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy davrida budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yanada to’g’ri va to’liq tashkil etish budjet hisobining asosiy maqsadiga aylanib bormoqda. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish jarayonida xodimlar bilan hisob kitoblar bugungi davlat budjeti xarajatlarining eng yuqori ko’rsatkichlaridan birini tashkil etmoqda, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish hamda fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida bir qator qonun hujjatlari,xususan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.05.2022 yildagi PF-138-son” Prezident Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-6279-son Farmoni hamda boshqa qonun hujjatlari bilan sohadagi ishlar tezlik bilan rivojlanishda ekanini ko`rishimiz mumkin. Ko’rinib turibdiki budjet tashkilotlari ish haqi hisoblash paytida ehtiyotkor bo’lishlari kerak, zero ish haqiga majburiy ushlanmalar xodimlar va budjetga tushumlarining to`gri taqsimoti orqali budjet mablag’lari maqsadli va yo’naltirilgan bo’ladi. Ularning xato sarflanishi budjet sohasidagi boshqa biror yo’nalishda hamda xodimning daromad manbai va jamg`armasini shakllantirishda kamchilik bo’lishiga olib keladi. Ish haqi masalasi har doim muhim masalalardan bo’lib kelgan, davlat miqyosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti har yilgi murojaatnomalarida buni alohida ta’kidlab o’tadilar, xususan 2022.12.18 da bo’lib o’tgan Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murjaatnomasida “Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz,”1 - deb aytib o’tilgan. Ko’rinib turibdiki ish haqi masalasi bugungi dolzarb masalalardan biridir. Bu borada ish haqi to’g’risida 2022-yil 20-maydagi 138-sonli Prezident Qaroriga asosan 2022-yil 1-iyundan budjet tashkilotlari xodimlarining eng kam oylik ish haqi miqdori 12 foizga oshirilgani natijasida budjet sohasida ish haq fondi ham sezilarli miqdorga oshdi.2 Avvalroq, «Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori inflyasiyadan yuqori darajada oshiriladi”3, seb aytgan edi Shavkat Mirziyoyev.Ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobining bugungi kundagi ijtimoiy jarayonlar bilan ,ya`ni soliq solish bilan bog`liq hamda kasaba uyushmalarining xodimni ishi jaroyonidagi barcha huquqlarini kafolatli himoyasi ,kelgusidagi ijtimoiy jarayonlar xususan nafaqa va pensiyalar tayinlash ,jamiyatdagi boshgqa ijtimoiy jarayonlarga bevosita muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.Ushbu fikr mulohazalarga asoslangan holda ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobi haqida ushbu kurs ishi davomida tahliliy ishlarni amalga oshiramiz. Download 50.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling