Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


YER ISHLARI BAJARILISHINI LOYIHALASH


Download 0.66 Mb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1600375
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eshmurodov A (1)

2. YER ISHLARI BAJARILISHINI LOYIHALASH
2.1 KOTLOVAN VA XANDAQ BARPO ETISHDAGI JARAYONLAR TARKIBI VA ISHLAR HAJMINI ANIQLASH
Kotlovan va transheyani qazish bo‘yicha ishlar kompleksini quyidagi oddiy jarayonlarga ajratish mumkin:

  • qurilish maydoni hududidagi gruntning o‘simlik qatlamini qirqish;

  • gruntning qirqilgan o‘simlik qatlamini yulish va tashish;

  • kotlovan gruntini qazish;

  • qazilgan kotlovan gruntini tashish;

  • kotlovan tubini tozalash.



2.2. KOTLOVAN VA XANDAQ QAZISHDA ISHLAR HAJMINI ANIQLASH
Plandagi shakli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lgan kotolovan hajmi joyning relefini inobatga olmagan holda quyidagi formuladan aniqlanadi:

Vk = =


=2.5/6[25×23+26.25×24.25+(25+26.25)(23+24.25) ]= 1514.22 m3
=2.5/6[8×10+9.25×11.25+(8+10)(9.25+11.25)]=
=230.44m³
230.44+1514.22=1744.66m³
bunda a va b – kotlovan tubining eni va bo‘yi, m;
c va d – kolovanning ustki o‘lchamlari, ya’ni eni va bo‘yi;
– kotlovan chuqurligi, m.

To‘g‘ri burchakli kotlovan


hₗ = 2.5m
a = 25m
b = 23 m
a1=8m
b1=10m
m = 0.25
Kotlovanning ustki o‘lchamlari quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

c = a+2mh1 = 25+2×0.25×2.5=26.25


d = b+2mh1 = 23+2×0.25×2.5=24.25
C=a1+2mh¹=8+2×0.25×2.5=9.25
d=b1+2mh¹=10+2×0.25×2.5=11.25
bunda m – kotlovan nishabining egrilik ko‘rsatkichi, uning qiymati 1[1] jadval yoki 1 ilova bo‘yicha aniqlanadi.


Kotlovan cho‘michli ekskavator yordamida qazilganda hamda mashina kotlovan tubida ishlagan holda kotlovanga tushish transheyasi qaziladi, bu transhechning hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:

Vtush = (2b+2mh1 )(m’-m) =


= (2.5²)/6 (2 7+2 0.25 1.5 ) (10-0.25) = 149.65 m3
mꞌ = 10 deb qabul qildim
bunda – kotlovan chuqurligi, m; – kotlovanga tushish transheyasining eni bo‘ib, 7 m ga teng qilib qabul qilinadi; - kotlovanga tushish transheyasi bo‘ylama nishabining egrilik ko‘rsatkichi, 10-15 ga teng qilib qabul qilinadi.


2.3. KOTLOVAN VA XANDAQ QAZISH UCHUN ZAMINNING O’SIMLIK QATLAMINI KESIB OLISHDA ISHLARNING HAJMINI ANIQLASH
O‘simlik qatlamini kvadrat metrlarda qirqish yuzasi kotlovan ustki o‘lchamlariga to‘g‘ri burchakli kotlovan uchun har tomonidan eni 5 m polosa qo‘shiladi.
Kotlovanning butun maydoni bo‘yicha o‘simlik qatlamini qirqish yuzasi quyidagi formulalardan aniqlanadi:

  • to‘g‘ri burchakli kotlovan uchun

Sk.o`.q = (c+10)(d+10) = (26.25+10)(24.25+10) = 1241.56 m2.
(9.25+10)(11.25+10)=345.31m²
1241.56+345.31=1586.87m²

O‘simlik qatlamining qalinligi ho‘.q. =0,15 m teng qilib qabul qilinadi; ildizlarsiz va aralashmalarsiz tabiiy namlikdagi grunt.


Kotlovanning butun maydoni bo‘yicha o‘simlik qatlamini qirqish bo‘yicha ishlar hajmi quyidagi formulalardan aniqlanadi:

  • to‘g‘ri burchakli kotlovan uchun

Vk.o`.q = (c+10)(d+10) ho’.q. = (26.25+10)(24.25+10) 0.15 = 186.23 m3.
(9.25+10)(11.25+10)×0.15=61.36
186.23+61.36=247.59m³
2.4. KOTLOVAN VA XANDAQ TUBINI TOZALASH UCHUN ISHLARNING
HAJMINI ANIQLASH
Grunt ekskavator yordamida qazilganda kotlovan tubida to‘liq kovlanmay qolgan grunt (qoldiq grunt) qoladi, qoldiq grunt hq.g.= 0,1 m ga teng qilib qabul qilinadi.
Kotlovan butun maydonidagi qoldiq grunt hajmi V q.g. (m3) quyidagi formuladan aniqlanadi:

  • to‘g‘ri burchakli kotlovan uchun

Vk.q.g.= a b hqg = 25 23 0.1 = 57.5 m³
8×10×0.1 =8m³
57.5+8=65.5m³

Yuqorida ta’kidlanganlarni hisobga olgan holda gruntning o‘simlik qatlamini qirqish bo‘yicha ishlarning umumiy hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi:
V o‘.q. = V k.o‘.q.=247.59m³
Ekskavator yordamida to‘g‘ri burchakli kotlovan gruntini qazish ishlarining umumiy hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi:

Ve.k.=Vk - Vk.o`.q -Vk.q.g. + Vtush =


= 1744.66 – 247.59 – 65.5+ 149.65 = 1581.22 m3.

Hamma yuzalar va hajmlarni hisoblash tushuntirish xatiga ega bo‘lgan holda sxemalar bilan birgalikda bajarilmog‘i lozim.




2.5. YER ISHLARINI BAJARISH UCHUN MASHINALAR KOMPLEKTINI TANLASH
O‘simlik qatlamini qirqish ishlari [2]ga muvofiq bajariladi: 30 m gacha tozalash eni bilan buldozer yoki gruntni polosa qirrasigacha tashish orqali greyderlar yordamida qiqish.
Kotlovanlarda gruntni qazish teskari cho‘michli ishchi jihozga ega bo‘lgan bir cho‘michli ekskavatorlar, yordamida amalga oshiriladi.
Har bir konkret holda grunt turi, kotlovan o‘lchamlari va boshqa shart-sharoitlar hisobga olinadi. Grunt turiga bog‘liq ravishda ekskavator cho‘michi tishli yoki kesuvchi milkli bo‘lishi mumkin.
Ishlarning hajmiga bog‘liq holda cho‘mich sig‘imi 2-ilova bo‘chicha qabul qilinadi.
Ekskavator yordamida kotlovan gruntini qazish ishlarining umumiy hajmi: m³ Cho‘mich sig‘imi 0,35 m³ teskari cho‘michli ekskavatorni tanlaymiz
Cho‘michning to‘liq to‘lishini ta’minlovchi eng kichik kovlash chuqurligi 3- ilova bo‘yicha qabul qilinadi. Agar kovlash chuqurligi kotlovan chuqurligidan kichik bo‘lsa, u holda gruntni qazish bir necha qatlamlarda olib boriladi. Kotlovanda gruntni qazish [2] adabiyot bo‘yicha me’yorlanadi.
Kotlovanda qaziladigan grunt tashqariga tashiladi.
Avtosamosvallarning tavsiya etiladigan yuk ko‘taruvchanligi ekskavator cho‘michining sig‘imiga va gruntni tashish masofasiga bog‘liq holda 4-ilova bo‘yicha qabul qilinsa, mashinalarning markasi esa 5-ilovadan olinadi.

Tashish masofasi, km

Ekskavator cho’michining sig’imi, m3

Avtosamasval yuk ko’taruvchanligi, t

3.0

0.4

4.0

Mashinalarning markasi esa 5-ilovadan olinadi

Avtosamasval markasi

Yuk ko’taruvchanligi,

ISUZU NQR 71PL

4.0


Dvigateli: dizel


Privod turi: Orqa
Umumiy ogirligi, kg: 9500
Avtomobilning yuk ko'tarish hajmi, kg: 4 965
Kuzov hajmi, m³: 20
Yoqilg'i bakining hajmi, l: 90
O'rindiqlar soni: 3

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling