Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


Download 0.66 Mb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1600375
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Eshmurodov A (1)



TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI
“QURILISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI
“QURILISH MASHINALARI” fanidan
KURS LOYIHASI

Mavzu: BINO VA INSHOOTLARNI QURISHDA YER ISHLARINI BAJARISH VA MASHINALAR KOMPLEKTINI TANLASH



102a-20 guruh talabasi:

Qodirov Shahzodjon

Kurs ishi rahbari:

A.Sarmonov






Toshkent – 2023


TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI
“QURILISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI
“QURILISH MASHINALARI” fanidan
TUSHUNTIRISH XATI

Mavzu: BINO VA INSHOOTLARNI QURISHDA YER ISHLARINI BAJARISH VA MASHINALAR KOMPLEKTINI TANLASH



102a-20 guruh talabasi: Qodirov Shahzodjon

Qodirov Shahzodjon

Kurs ishi rahbari:

A.Sarmonov







Toshkent – 2023
KIRISH
Kurs ishini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar topshiriqlar varaqasi asosida olinadi. Bunda talabaga taqdim etilgan variant bo‘yicha kotlovan va transheya tubining plandagi o‘lchamlari, grunt turi va uning hajmiy massasi, kotlovan va transheyaning chuqurligi, gruntni tashqariga tashish masofasi, avtosamosvalning o‘rtacha harakatlanish tezligi qabul qilinadi hamda grunt o‘simlik qatlamini tashqariga tashish yoki qurilish maydonida qoldirilib to‘planishi qabul qilinadi.
Talabaning varianti bo‘yicha quyidagilarning bajarilishi taqoza etiladi:
- kotlovan va transheya gruntining o‘simlik qatlamini qirqish bo‘yicha
bajariladigan ishlar hajmini aniqlash;
- kotlovan va transheyani qazish bo‘yicha ishlar hajmini aniqlash;
- kotlovan va transheyaning tubini tozalash bo‘yicha ishlar hajmini aniqlash;
- texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha er ishlarini bajarish uchun (grunt o‘simlik
qatlamini qirqish hamda qirqilgan gruntni qurilish maydoni chegarasidan tashqariga tashish yoki shu maydonchada qoldirib to‘plash; kotlovan va transheyani qazish; kotlovan va transheyaning tubini tozalash; faqat kotlovanni qazishda gruntqurilish maydoni chegarasidan tashqariga tashiladi, transheya qazilganda grunt tashqariga tashilmaydi va bu grunt qayta to‘kish uchun qurilish maydonida qoldiriladi) mashinalar jamlanmasini tanlash;
- qabul qilingan mashinalar jamlanmasi (komplekti) yordamida er ishlari texnologiyasini va ularni tashkil etishni qisqacha yoritish;
- qabul qilingan variant bo‘yicha ishlab chiqarishning konkret shart-sharoitlarini hisobga olgan holda er ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalarini keltirish;
- qabul qilingan mashinalar jamlanmasi (komplekti)ni inobatga olgan holda mehnat sarfi va mashina vaqti sarfini hisoblash;
- ishlarni bajarish grafigini loyihalashtirish;
- texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash;
- foydalanilgan adabiyot manbalari ro‘yxatini berish
Qurilish ishlab chiqarishi-qurilish maydonidagi tayorlov va asosiy davrdagi ishlar yig`indisi bo`lib u o`z ichiga binoning yerosti va yerusti qismini barpo etish, jami pardozlash, muxandislik –sanitar va elektrotexnik jixozlar, liftlar va boshqa ishlarni o`z ichiga oladi.
Qurilish ishlab chiqarishi ilmiy- ishlab chiqarish sifatida uzida qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkilotini birlashtirib, bu yerda xar bir fan uzining aniq ko`rinishga ega bo`lgan moxiyati va ilmiy asoslariga ega.
Texnologiya umumiy tushunchada – bu kerakli maxsulotni olishdagi bajarilaetgan jaraenlar bo`lib , material va yarimfabrikatlarni tayorlash yoki ishlovberishdagi usullar yigindisidir. Texnologiyaning vazifasi- zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi bazasi asosida texnologik jaraenlarning yangilarini ishlab chiqish va samarali xamda iqtisodiy jihatdan maʼqullarini tatbiq etishdir.
Gruntning o‘simlik qatlamini qirqish yuzasi kvadrat metrlarda aniqlanib, to‘g‘ri burchakli kotlovan uchun kotlovan ustki o‘lchamlariga har tomonidan eni 5 m li chiziq qo‘shiladi, doirasimon kotlovanni ustki radiusiga 5 m, transheyalar uchun 6 m li polosa qo‘shiladi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling