Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


LT100L Ekskavatori tasnifi


Download 0.66 Mb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1600375
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eshmurodov A (1)

LT100L Ekskavatori tasnifi:

Turi

G'ildirakli

Motor quvvati

85 kVt

Operatsiya og'irligi

9500

Kovsh sig’imi

0,4 m3

Qazish chuqurligi

3820 mm

Qazish balandligi

6945 mm




Gruntni transportga yuklash bilan ekskavatorning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan avtosamosvallarning soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:
N= = = 1.58 2ta
bunda – avtosamosval bitta siklining vaqti, min; – yuklashning hisobiy davomiyligi, min; – gruntni tashish masofasi, km; – avtosamosvalning o‘rtacha harakatlanish tezligi, km/min; – mos ravishda avtosamosvalning to‘kish va manevrlanish vaqti, min (1 min ga teng qilib qabul qilinadi).
Avtosamosvalni yuklash vaqti quyidagi formuladan aniqlanadi;


= 4.05 minut
bunda – avtosamosvalning yuk ko‘taruvchanligi, t;
– vaqt me’yori, mash. –saoat/100 m3. Samosvallar soni N ning kasrli qiymatga ega bo‘lsa, u holda bu qiymat ortish tomonga qarata butun aylantirilib qabul qilinadi.
Kotolvan yoki tarnsheya tubigacha to‘liq kovlanmasdan qolib ketgan (qoldiq) gruntni kotlovan uzunligining yarmisigacha qirqib surish uchun buldozerdan foydalanish mumkin [2] yoki qoldiq grunt qo‘l yordamida tozalanadi [2].


3. YER ISHLARI TEXNOLOGIYASI VA TASHKILIYOTI
Bu bo‘limda qabul qilingan mashinalarning texnik xarakteristikalari keltirilgan, berilgan variant bo‘yicha ishlar texnologiyasi va ularni tashkil etish yoritilgan.
Ekskavator va samosvalning birgalikda ishlashi (1, 2, 3) grafik ko‘rinishida qulay bo‘lgan masshtab bilan tasvirlanadi.

4.1-rasm. Ekskavator va samosvalning birgalikda ishlash grafigi:
tyu.a. yuklangan avtomobilning harakatlanish vaqti;
tx - yukni tushirgandan keyingi harakatlanish vaqti;
tyuavtomobilni yuklash vaqti;
ttyukni tushirish vaqti;
tx – manevrlanish vaqti.

Yuklangan avtomobilning harakatlanish vaqti yuk tushirilgandan keyin avtosamosvalning harakatlanish vaqtiga teng qilib qabul qilinadi.




4. YER ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
Binoning yerto‘lali yoki yerto‘lasizligiga qarab transheya yoki kotlovan qaziladi.
Yer qazish ishlari ham bir muncha murakkab hisoblanadi. Agar yer osti 
kommunikatsiyalari
(elektr kabellari, gaz va vodo- 
provod quvurlari, kanalizatsiya, telefon, radio sim lari,) o ‘tgan joylarda yer qazishga to‘g‘ri kelgan hollarda dastlab tegishli tashkilotlarning ruxsati olinadi hamda ishlani xavfsiz bajarish uchun tadbirlar tuzilib, zarur joylarga belgi va yozuvlar o ‘rnatiladi. Shuningdek, bo‘sh joydan yuqori kuchlanishli elektr kabellari yoki gaz quvurlari o‘tgan bo’lsa , ish yurituvchi (prorab) yoki usta (m aster)lardan tashqari elektr yoki gazlantirish korxonasi xodim larining nazorati ostida ish boshlanadi. Bu yer joylarda qazilayotganda lo‘m, kirka, bolg‘a v a urib ishlatiladigan asboblardan foydalanish ta ’qiqlanadi. Yer qazilayotgan joylarda portlash xavfi b o ig a n m ateriallar borligi aniqlanganda yoki sezilgan taqdirda tegishli tashkilotlar ruxsat berm aguncha bu yerlarda ishlash to ‘xtatiladi.Aholi yashaydigan joylar yaqinida qaziladigan transheya va han- daqlar har tom ondan m uhofaza to ‘siqlari bilan o ‘raladi. To‘siqlarga ogohlantiruvchi yozuv va belgilar, tungi vaqtlarda esa yorituvchi signallar o ‘m atiladi. Kotlovan ustidan odam lar o ‘tadigan jo y g a k o ‘prik qilinib, tungi vaqtlarda o ‘tish jylari yoritib q o ‘yiladi. Transheyaga ishchilam ing tushishi uchun kengligi 75 sm dan kam b o im a g a n tutqichli zinopoyalar, kotlovanlarga esa narvonlar o'rnatiladi.Transheya va handaqlam ing chetlari o ‘pirilib tushm asligi uchun ularni qaziyotganda yuqoridan pastga tom on toraytirib qaziladi. Toraytirilmagan taqdirda transheya va kotlovan chetlariga mahkamlagichlar o ‘rnatiladi.


5. MEHNAT SARFI VA MASHINANI ISHLASH VAQTI SARFINING KALKULYATSIYASI
Mehnat sarfi kalkulyatsiyasi ishlar hajmi, qabul qilingan bajarish usullari va [10] to‘plam asosida tuziladi.
1 grafada (5.1 jadval) normativlar olingan ShNK paragrafi, jadval, qator va grafa raqami ko‘rsatiladi. Shu yerning o‘zida ishlarni bajarish sharoitini ko‘rsatuvchi koeffitsientlar ko‘rsatiladi. 2 grafada normativlar qimmatlariga ta’sir yetkazuvchi omillarni ko‘rsatish bilan birga ishlarning tushuntirishi beriladi; 3 grafada ShNKda qabul qilingan o‘lchov birligi ko‘rsatiladi; 4 grafada – bu o‘lchovlarda ishlar hajmi beriladi. 6, 8 grafalarda 5 yoki 7 grafalarni 4 grafaga ko‘paytirib, natijani smena davomligiga (8soat) bo‘lish bilan qo‘lga kiritilgan mehnat va mashina ishlash vaqtining sarfi keltiriladi.
Mehnat va mashinani ishlash vaqti sarfining kalkulyatsiyasi 5.1. jadvalida keltirilgan shaklda amalga oshiriladi.
Kalkulyatsiyani ichiga kiruvchi ishlarning ketma-ketilgi:
- gruntning o‘simlik qatlamini kesib olish;
- gruntning o‘simlik qatlamini tashish (agar variantda berilgan bo‘lsa);
- gruntni kotlovanda ishlov berish, uni ortish va ag‘darmaga olib borib to‘kish;
- gruntni xandaqda ishlov berish va uni olib bir chetga to‘kish;
- qolgan gruntni kotlovanda ishlov berish;
- qolgan gruntni xandaqda ishlov berish.
Mehnat va mashinani ishlash vaqti sarfining kalkulyatsiyasi namunasi 6 zamimada keltirilgan.


6. ISHLARNI BAJARISH GRAFIGI
Ishlarni bajarish grafigi qurilish jarayonlarini bajarish ketma- ketligi va davomligini aniqlaydi. Grafikni tuzish asosida qo‘yidagi prinsiplar kiritib qo‘yilgan: ishlarning aniq texnologik ketma- ketlik bilan bajarilishi; alohida jarayonlarni vaqt bo‘yicha maksimal birlashtirish; mashinalarning ikki smenada ishlashi.
Gruntni o‘simlik qatlamini kesib olish, kotlovan va xandaq qazish, kotlovan tubini tozalash jarayonlari ketma- ket bajariladi.
1–4 grafalari (6.1 jadv.) kalkulyatsiya bo‘yicha to‘ldiriladii. 5, 6 grafalarda mashinalarning nomi va hisob bo‘yicha ularning soni beriladi. 8 grafada ShNK bo‘yicha bir smenadagi ishchilarning soni ko‘rsatiladi. Qo‘lga kiritilgan natijalar 7 va 8 grafalarni ko‘paytirishdan keyin 9 grafaga kiritiladi. 10 grafada normativ davomlikni loyihaviy davomlikka nisbatini ko‘rsatuvchi Km.b ko‘rsatiladi. 11 grafadagi ishlarning davomligi qo‘yidagi formula orqali aniqlanadi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling