Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Portlandsement - deb portlandsement klinkeri va gipsni birgalikda mayin 
tuyish natijasida olingan kukunsimon materialga aytiladi. Tuyish paytida faol mineral 
qo‘shimcha yoki boshqa qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin.
Plastmassalar plastmassalarning asosiy qo‘shimchalari bog‘lovchi moddalar 
– polimer, to‘ldirgichlar, yumshatkichlar, qotirgichlar, bo‘yoqlar va 
barqarorlashtiruvchilardir. 
Bitumli bog‘lovchilar - uglevodorodlar va ularning nometall xosilalarining 
murakkab aralashmasidir (uglevodorodlarning oltingugurt, kislorod, azot bilan 
birikmalari). UzRSTlabki xomashyoga qarab ular tabiiy va sun’iy neft bitumlariga 
bo‘linadi. 
Neft bitumlari - tashqi ko‘rinishi moysimon, rangsiz holatdan to‘q qora 
ranggacha bo‘lgan neft mahsuloti ishlatiladi. Ma’lumki, neft kimyoviy jihatdan 
murakkab birikma bo‘lib, har xil tuzilishli, organiq kislorodlar, azot va oltingugurt 
birikmalari hamda uglevodorodlardan tashkil topgan. 
Shlakoportlandsement - klinkerni domna yoki elektrotermofosforli shlak va 
ikki suvli gips bilan birgalikda tuyib olinadigan gidravlik bog‘lovchi moddadir. 
Shlakoportlandsementga shlak massa bo‘yicha 21% dan kam va 60% dan ortiq 
bo‘lmagan miqdorda qo‘shiladi. 300 markali shlakoportlandsementga shlak massa 
bo‘yicha 60% dan ortiq, ammo 80% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘shiladi. 
Putssolon portlandsementlar - normalangan tarkibli klinkerni nordon faol 
mineral qo‘shimcha va gips bilan birgalikda maydalab tuyish yo‘li bilan olinadi. 
Milonaft - natriy tuzlaridan va suvda erimaydigan organiq kislotalardan tarkib 
topgan yog‘simon modda. 
Asidol - milonaft - neft kislotalari va natriy tuzlari aralashmasidan tashkil 
topgan yog‘simon modda. 
Kengayuvchan sement - maxsus tarkibli gidravlik bog‘lovchi modda bo‘lib, 
suvda qotayotganida hajman kengayadi, havoda qotayotganida esa kirishmaydi-
cho‘kmaydi yoki suvda qotayotgan vaqtida kamroq kengayadi. 


203 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling