Qotishmalar


Download 38.02 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi38.02 Kb.
#1621020
  1   2   3
Bog'liq
6.QOTISHMALAR

QOTISHMALAR


REJA:

  1. Qotishmalar va ularning tuzilishi.

  2. Qotishmalarning holat diagrammalari.

  3. Temir-sementit holat diagrammasi.

  4. Temir-uglerod qotishmalarida uchraydigan fazalar va strupturalar.

  5. Fazalar qoidasi haqida tushuncha.



Qotishmalar va ularning turlari
Metall qotishma deganda bir element asosida bir necha elementlarning о‘zaro aralashmasidan hosil bо‘lgan jism tushuniladi. Shu jismni tashkil qiluvchi kimyoviy elementlarga uning tashkil qiluvchilari (komponentlari) deb ataladi.
Qotishma bir jinsli (bir fazali) yoki kо‘p jinsli (kо‘p fazali) bо‘lishi mumkin.
Faza deb, jismining bir jinsli qismiga aytilib, u о‘z chegarasiga ega, qachonki yuza chegarasidan о‘tilganda xossalari keskin о‘zgaradi. Murakkab jismdagi fazalar yig‘indisi material tuzilishini (strukturasini) hosil qiladi.
Qotishmalar ikki, uch va tо‘rt komponentli bо‘lishi mumkin. Qotishmaning xossalari uni tashkil etuvchi komponentlarning xossalaridan farq qiladi. Qotishma tarkibidagi elementlarning atomlari diametrlari farqiga, kristall panjaralarning xiliga va ularning suyuqlanish haroratiga, umuman elementlar atomlarining о‘zaro munosabatiga qarab quyidagi turdagi qotishmalar uchraydi:
1) Mexanikaviy aralashmalar. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlarning atomlari birlamchi kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, balki qochsa, bunday qotishmaga kiruvchi har bir komponent atomlari kiristallanishida mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda kristall donlari о‘zaro chegarasi bilan bog‘lanadi, xolos. Bunday qotishmalar qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlarning ayrim-ayrim donlarining mexanikaviy aralashmasidan tuzilganligi uchun mexanikaviy aralashma deyiladi.
A va B komponentlardan iborat qattiq qotishmaning strukturasi mikroskopda kuzatilsa, u 9-rasm, a da kо‘rsatilgandek kо‘rinishda bо‘ladi. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar atomlarining diametrlari farqi 15% dan ortiq bо‘lganidagina mexanikaviy aralashma hosil bо‘lishi aniqlangan. Bunday qotishmaga qо‘rg‘oshin-surma qotishmasi misol bо‘la oladi.

a) b)
9 - rasm. a) mexanikaviy aralashmaning mikrostruktura sxemasi; b) qattiq eritmaning mikrostruktura sxemasi

Download 38.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling