Qotishmalar


Download 38.02 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi38.02 Kb.
#1621020
1   2   3
Bog'liq
6.QOTISHMALAR

2) Qattiq eritmalar. Kо‘pchilik texnikaviy qotishmalar suyuq holatda bir jinsli, ya’ni komponentlari bir-birida tо‘la erigan holatda bо‘ladi. Kristallanish jarayonida bu bir jinslilik saqlanib qoladi. Qotishma komponentlarining atomlari umumiy kristall panjaraning tarkibiga kiradi, ya’ni komponentlar bir-birida tо‘la eriydi. Demak, eruvchi komponentlarning eruvchanligi va erituvchi komponentning erituvchanligi qattiq holatda ham saqlanib qoladi. Bunday qotishmaning kristallanishida hosil bо‘ladigan qattiq modda qattiq eritma deyiladi, u bir fazali (bir xildagi) kristallardan tashkil topadi. Qattiq eritmaning mikrostrukturasi 9–rasm, b dagidek kо‘rinishda bо‘ladi. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar atomlarining diametrlari bir-birdan 15% dan kam farq qilgandagina qattiq eritma hosil bо‘ladi. Qattiq eritmada:
eruvchi B moddaning о‘rnini A erutuvchi modda atomlari olishi mumkin, u holda о‘rin olish qattiq eritmasi hosil bо‘ladi;
agar eruvchi B modda A erutuvchi modda kristall panjarasidagi atomlar orasiga joylashsa, bunday qotishma singdirish qattiq eritmasi deyiladi;
A komponent kristall panjarasidagi atomlar о‘rinlarini B komponent atomlari borgan sari almashtirib borsa, natijada A komponent kristall panjarasi о‘rniga B komponent kristall panjarasi hosil bо‘ladi. Bunday qattiq qotishmalarga bir-birida cheksiz eriydigan qattiq eritmalar deb ataladi.
Metallardan alyuminiy (Al) va mis (Cu) о‘rin olish qattiq eritmasini hosil qiladi. Bunda alyuminiy kristall panjarasi saqlanib qolgan holda 5,5% mis atomlari alyuminiy atomlarining о‘rnini olishi mumkin. Demak, mis alyuminiyda 5,5% gacha eriydi.
Kristall panjaralari yoqlari markazlashgan kub shakliga ega bо‘lgan moddalar: kumush va oltin, nikel va mis, molibden va volfram, vanadiy va titan bir-birlarida cheksiz erishi mumkin.
3) Kimyoviy birikmalar. Birlamchi kristallanish jarayonida komponentlarning о‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvi natijasida hosil bо‘lgan birikmalar kimyoviy birikmalar deyiladi. Bunday qotishma komponentlarining atomlari shunday kristall panjara hosil qiladiki, bu kristall panjara ayrim komponentlarning kristall panjaralaridan boshqacha bо‘ladi. Kimyoviy birikmalar bir jinsli qotishmalar jumlasiga kiradi.
Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida kristall panjara bilan bog‘liq bо‘lgan maxsus xususiyatlar vujudga keladi. Ularni qattiq eritmadan keskin ajratib turadigan xususiyatlar quyidagilardir:

  1. Kimyoviy birikma о‘ziga xos kristall panjara turini hosil qilish xususiyatiga ega. Hosil bо‘lgan yangi kristall panjara komponentlarning kristall panjaralaridan tubdan farq qiladi. Kimyoviy birikmalarda komponentlarning atomlari tartibli joylashgan bо‘lib, ma’lum joylashish qonuniyatlariga ega. Kо‘pchilik kimyoviy birikmalarning elementar kristall panjaralarining turlari murakkab bо‘ladi.

  2. Birikmada elementlar massasining nisbati doimo saqlanadi. Shuning uchun kimyoviy birikmalar sodda qilib AmBn ifoda bilan belgilanadi. Bu yerda m va n butun sonlar bо‘lib, elementlarning atom nisbatlarini ifodalaydi.

  3. Kimyoviy birikmalarning xossalari shu birikmani tashkil qiluvchi elementlar xossalaridan keskin farq qiladi.

  4. Suyuqlanish harorati о‘zgarmas bо‘lib, kimyoviy birikma suyuqlanish haroratigacha suyuqlanib qolishi ham, suyuqlanish haroratiga yetmasdan parchalanib ketishi ham mumkin.

Agar kimyoviy birikma suyuq fazodan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kristallansa yoki qizdirilganda suyuqlanish haroratigacha saqlanib qolsa, bunday birikma barqaror kimyoviy birikma deb ataladi. Agar kimyoviy birikma qattiq fazalarning muvozanati о‘zgarishi natijasida vujudga kelsa, yoki qizdirish natijasida qattiq holda qiffuzion parchalanib ketsa, bunday kimyoviy birikmalar beqaror kimyoviy birikmalar deb ataladi.

  1. Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida harorat о‘z-о‘zidan о‘zgarishi mumkin.

Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida atom elektron tuzilishlari birbiridan keskin farq qiladigan komponentlar qatnashadi. Kimyoviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar bir jinsli bо‘lib, MgSn, MG2Pb, Mg3Bi2, MgSi, MgS, Fe3C, NbCl, CaCl2, CuZn, CuZn3, kabi birkmalar shular jumlasiga kiradi.

Download 38.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling