Qurilishda axborot texnologiyalari


Download 11.97 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi11.97 Kb.
#108269
Bog'liq
1-NAZORAT SAVOLLARIGA JAVOB QAT





QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

28-AYA-18

Yunusaliyev Ilyosbek

1-nazorat savollariga javobi

1.Loyihalash - loyihalash uchun topshiriq bo'lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir texnikaviy buyumni otishga bo'lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar koʻrinishida boʻladi va ob'yektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini, odatda, ob'yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun etarli ma'lumotlarni jamlagan hujjatlarning toʻliq komplekti o'taydi. Bu hujjatlar ob'yektning natijaviy bayoni bo'ladi.

Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda ma'lum sohada to'plangan tajriba va ko'nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo'lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, oʻziga xos turidir.



2.Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlarning oʻzaro ta'siri yo'li bilan olinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb ataladi. Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash lozim.


Download 11.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling