Korxonaning ichki nazorat organlari, bo`linma (xodimlar) funksiyalari bilan tanishish
Jamiyat buxgalteriya hisobini to`g`ri tashkil etish, yuz berayotgan operatsiyalarni o`z vaqtida va to`g`ri aks ettirish , soliq va boshqa hisobotlarni o`z vaqtida tegishli organlarga yuborish va boshqa hisob ishlarini to`g`ri tashkil etilayotganini doimiy nazorat qilib borish uchun korxonalarda ichki nazorat tizimlari , ichki auditorlik xizmatlari tashkil etilishi mumkin . Men Tanishuv ishlab chiqarish amaliyoti o`tagan Marsel Mega Lux MCHJning ustaviga muvofiq jamiyatning moliyaviy – xo`jalik faoliyatini nazorat qilish uchun korxona rahbari javobgar shaxs hisoblanadi . Marsel Mega Lux MCHJda ichki auditorlik xizmati yo`lga qo`yilmagan .
Ichki auditning asosiy vazifalari
Kuzatuvchi kegashning ishonchli axborot bilan taminlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari boyicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarini tayyorlash
Ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularni bartaraf etilishini nazorat qilish
Audit xizmatining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat :
Har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tamonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tekshirishlar o`tkazish yo`li bilan ichki auditni amalga oshirish ;
Tuzatiladigan xo`jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o`tkazish ;
Buxgalteriya hisobini yuritishda moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo`linmalariga metodik yordam berish , ularga moliya , soliq , bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda , tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshiruvlari o`tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko`maklashish .
Do'stlaringiz bilan baham: |