Qurilishda menejment


Korxonaning ichki nazorat organlari, bo`linma (xodimlar) funksiyalari bilan tanishish


Download 81.81 Kb.
bet9/14
Sana24.06.2023
Hajmi81.81 Kb.
#1653677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ҳисобот титули

Korxonaning ichki nazorat organlari, bo`linma (xodimlar) funksiyalari bilan tanishish
Jamiyat buxgalteriya hisobini to`g`ri tashkil etish, yuz berayotgan operatsiyalarni o`z vaqtida va to`g`ri aks ettirish , soliq va boshqa hisobotlarni o`z vaqtida tegishli organlarga yuborish va boshqa hisob ishlarini to`g`ri tashkil etilayotganini doimiy nazorat qilib borish uchun korxonalarda ichki nazorat tizimlari , ichki auditorlik xizmatlari tashkil etilishi mumkin . Men Tanishuv ishlab chiqarish amaliyoti o`tagan Marsel Mega Lux MCHJning ustaviga muvofiq jamiyatning moliyaviy – xo`jalik faoliyatini nazorat qilish uchun korxona rahbari javobgar shaxs hisoblanadi . Marsel Mega Lux MCHJda ichki auditorlik xizmati yo`lga qo`yilmagan .

  • Ichki auditning asosiy vazifalari

  • Kuzatuvchi kegashning ishonchli axborot bilan taminlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari boyicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarini tayyorlash

  • Ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularni bartaraf etilishini nazorat qilish

Audit xizmatining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat :
Har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tamonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tekshirishlar o`tkazish yo`li bilan ichki auditni amalga oshirish ;
Tuzatiladigan xo`jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o`tkazish ;
Buxgalteriya hisobini yuritishda moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo`linmalariga metodik yordam berish , ularga moliya , soliq , bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda , tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshiruvlari o`tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko`maklashish .

Download 81.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling